Tush tabiri kitobi
Tush tabiri kitobi TA’BIRNING NECHA XIL BO’LIShI HAQIDA
Ibn Sirin aytadi: «Ta’birchi, avvalo, tush ko’ruvchining nomini, qadru martabasini, mazhab va ichki olamini, aqlu farosatini bilib olishi zarur.
Tushning esa kunduzi ko’rganmi yoki kechasimi, aniqlashi kerak. Savol qiluvchi tushini so’zlayotganda qanday harakatlar qilayotganiga diqqat qilishi va tushini qanday holatda bayon qilayotganini kuzatishi lozim.
Yana oylarning forscha nomini, oy kunlarining arabcha ismini biladimi, shunga e’tibor qilishi, so’ng to’g’risini aniqlab, tushni ta’bir qilishi lozim».
Tush tabiri kitobi Hazrati Doniyol aytishlaricha, yakshanbada kunning avvalida ko’rilgan tush yaxshi bo’ladi, negaki quyoshga taalluqli. Dushanba kunining avvali Oyga taalluqli, ko’rilgan tush yaxshidir. Seshanbaning avvali Mirrix (Mars)ga taalluqli bo’lib, tush ta’birini so’rash nosozdir.
Chorshanba kunining avvali Utorud (Merkuriy)ga taalluqli bo’lib, bu kunda Hud qavmi va Ashob ur-Ra’s halok bo’lgan, bu paytda tush so’rab bo’lmaydi. Payshanba kuni Mushtariy (Yupiter)ga taalluqli bo’lib, kunning avvalidagi tush saodat va ishratga dalildir.
Juma kunining avvali Zuhra (Venera)ga bog’liq bo’lib, shodlik, xushlik, aysh va xotirjamlikka dalildir.
Mag’ribiy aytadi: «Ta’birchi tajribali bo’lishi kerak, tushni ta’bir qilish tabibning bemor ustidan sinov va davolash o’tkazishi kabidir».
HIKOYaT. Amir ul-mo’minin Mahdiy kechasi tush ko’rsa, yuzi qorayib ketgan emish. Uyqudan uyg’onib, qo’rqib ketdi, ta’birchilarni yig’ib, tushini aytib berdi. Ular bu tushni ta’bir qilishdan ojiz qoldilar va nimaga yo’yishni bilmadilar. Shunda ta’birchilarning ustozi hisoblanmish Ibrohim Kirmoniyni olib keldilar.
Tush tabiri kitobi U halifaning tushini eshitib: «Sen qiz ko’rasan!» dedi. Ta’birchilar: «Bunga nima daliling bor?» dedilar. U quyidagi oyatni aytdi: «Qaysi birlariga qiz (ko’rgani haqida) xushxabar berilsa, g’azabi kelib, yuzlari qorayib ketar»
Amir ul-mo’minin unga ming dirham pul berdi. Xuddi shu
kuni qiz tug’ildi. Ibrohim Kirmoniyga yana ming dirham in’om qildi.