Tushda ajdarho

tushda ajdarho TUSHDA

Tushda ajdarho (AJDAHO) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi ajdarho katta dushman va dushmanlar ichidagi kuchli dushmanga dalildir. Agar ajdarhoga ega ekanini ko’rsa, ulug’ kishilarga etishadi.

Agar ajdarho bilan kurash va jang qilayotganini ko’rsa va ajdarho uni o’rab olganini ko’rsa, dushman bilan jang qilishiga, oqibat uni engishiga dalildir. Ajdarhoni o’ldirganini va go’shtidan eganini ko’rsa, dushmanni engi shi va mol topishiga dalildir.

ZANJIR (ZANJIR) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zanjir gunoh va ma’siyatdir. Agar zanjirni yulib, otib yuborganini ko’rsa, gunohldn tavba qilishi va Alloh taologa qaytishiga dalildir.

Jobirning aytishicha, kimki bo’ynida zanjir borligini ko’rsa, elkasida qarzi borligiga dalildir. Agar qo’llarida zanjir borligini ko’rsa, birovlarning qo’llaridagi molga qo’l uzatishi va haromdan qo’rqmasligiga dalildir. Agar oyoqlarida zanjir borligini ko’rsa, odamlarning uylarida ma’siyat va buzuq ishlarni qilishiga dalildir.

ZANJIRLAMOQ (BAND NIHODAN) – Ibn Sirinning aytishicha, agar kishi tushida oyog’iga po’lat zanjir solinganini ko’rsa, dini nuqsonli bo’lishi, yolg’ondan musulmonlikni da’vo qilishi, baxillik sohibi bo’lib, undan hech kimga biror narsa etmasligiga dalildir.

Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, bir solih odam o’z qo’llariga band solinganini ko’rsa, yoqimsiz va noloyiq kishilardan qo’l tortishiga dalildir. Agar kishan solinganini ko’rsa, aytilgan narsa engilroq va osonroq bo’lishini bildiradi.

Kirmoniy aytadiki, agar kishi bo’yniga yog’ochdan band solinganini ko’rsa, bo’ynida birovning omonati borligi va u omonatni ado qilolmayotganiga dalil bo’ladi. Agar o’z oyog’ida yog’ochdan kishan borligini ko’rsa, Haq taolo toatidan qolganini bildiradi.

Agar bo’ynidagi tavq kumushdan ekanini ko’rsa, xotin sababli ranju zahmat etishiga dalildir. Agar bo’ynidagi band oltindan bo’lsa, mol tufayli ranju zahmat tortishini bildiradi. Agar bandi misdan ekanini ko’rsa, uning ranju zahmati dunyoning kasbi va maishati tufayli ekaniga dalildir.

Agar bandni sindirganini ko’rsa, diniga nuqson etishi xavfi borligiga dalildir. Agar oyog’idagi bandni olib tashlaganini ko’rsa, podshohlik amalidan xalos bo’lishiga dalildir. Agar o’z oyog’ida kunda bandini ko’rsa, munofiq bir odam bilan suhbatdosh bo’lishini bildiradi. Agar o’z oyog’ida arqondan kishan borligini ko’rsa, unga birorta kishidan manfaat etishini bildiradi.

(Visited 1 195 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика