Tushda asal

Tushda asal

Tushda asal

Tushda asal   – Kirmoniyning aytishicha, asal moldan etadigan imkoniyat va fe’ldan hosil bo’ladigan yaxshilikdir, zero unda dardlarga shifo bor. Asal farovon rizq bo’ladi.

Tushida asali borligini ko’rsa, uning miqdoriga muvofiq ilm va donish hosil qilishiga dalildir. Agar asaldan odamlarga berayotganini va ular eyayotganlarini ko’rsa, odamlar uning ilmidan foyda topishlariga dalildir. Agar buning aksini ko’rsa, foyda topmaydi.

Hazrati Sodiqning aytishicha, tushda asal ko’rish uch narsaga belgi bo’ladi: halol rizqqa; manfaatga va maqsadga etishga.

Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi mumli asal meros yoki halol boylik bo’ladi. Tushida asali borligini ko’rsa, uning miqdoricha biror erdan halol meros topishiga dalildir.

Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, asal Qur’onga dalildir.

ASALARI   – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi asalari keng rizqli erkak va kasb qiluvchi ayoldir. Tushida asalarisi borligini yoki birov unga berganini ko’rsa, pgunga yarasha molu ne’mat topishiga dalildir.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, tushida asalarilar unga yopishganini va chaqayotganini ko’rsa, molu ne’matni ranj bilan topishiga dalildir. Tushida asalarilar asal eyayotganini ko’rsa, shunga yarasha ziyon ko’rishiga dalildir. Tushida asalni asalarilardan tortib olganini ko’rsa, yaxshi va foydali so’z eshitishiga va bundan foyda ko’rishiga dalildir.

(Visited 2 508 times, 2 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика