Tushda azon

tushda azon

Tushda azon

Tushda azon  – Ibn Sirin aytadiki, mo’min, solih va pokdoman har bir banda ma’lum va tanish tomondan azon ovozini eshitsa yoki o’zi azon aytayotganini ko’rsa, Hajga borishiga dalildir.

Agar azon ovozini notanish va noma’lum tomondan kelayotganini eshitsa, bir noma’qul va yoqimsiz odamlar guruhining o’z oldiga kelishiga dalildir.

Agar bu tushni fosiq odam ko’rsa, uni o’g’rilikda ayblashlariga dalildir. Agar azonni masjidda yoki minorada aytayotganini ko’rsa, odamlarni Xudo yo’liga chaqirishlariga dalildir. Agar ko’rpada yotgan holda azon aytayotganini ko’rsa, xotini bilan yaqin ulfat bo’lishiga dalildir.

Agar o’z uyida azon aytayotganini ko’rsa, kambag’al va bechora bo’lishiga dalildir. Aytishlaricha, uning ahlidan kimdir vafot etadi. Agar choh yoki sardobada azon aytayotganini ko’rsa, azon aytuvchining

Xudosiz yoki munofiq ekanidan dalildir. Agar ko’chada azon aytayotganini ko’rsa, josuslik qilishini bildiradi.

Kirmoniy ay ‘adiki, agar biror kishi xotini bilan azon aytayotganini ko’rsa, tez orada vafot qilishini bildiradi. Agar azon so’zlarini ortiqcha yoki kam aytayotganini ko’rsa, odamlarga jafo va sitam qilishiga dalildir. Agar yosh bolaning azon aytayotganini ko’rsa, ota-onasining yolg’onchi ekanini bildiradi.

Agar hammomda azon aytayotganini ko’rsa, uning ahvoli dini va dunyosi yomon bo’lishiga dalildir. Agar karvonda yoki lashkargohda azon aytayotganini ko’rsa, ta’biri yomon bo’ladi. Agar majusiyning zindonda azon aytayotganini va namozga turganini ko’rsa, zindondan ozodlik topadi.

Agar azonni o’ynab aytayotganini qo’rsa, halok bo’lishiga dalildir. Egar ustida azon aytayotganini ko’rsa, podshohning so’zi rost ekani va uni Xudo yo’liga chaqirishiga dalildir. Agar minora ustida azon aytayotganini ko’rsa, ulug’lik va amal topishiga dalil bo’ladi. Agar uyning bir chekkasidan azon aytayotganini ko’rsa, Haq yo’liga xiyonat qilishiga dalildir.

 

(Visited 3 409 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика