Tushda banan
Tushda banan (MUZ) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi banan boy odamlar uchun mol, dindor uchun din bo’ladi. Banan bargi boshqa barglardan yaxshirokdir. Tushida banani borligini yoki birov unga berganini ko’rsa va u kishi boy ekanini ko’rsa, moli yanada ziyoda bo’lishini bildiradi. Tushida banan eganini ko’rsa, diniy va dunyoviy foyda topishini bildiradi.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi banan uch narsaga dalildir: boylikning ziyoda bo’lishiga; halol rizq va yoqimli hayotga; dinning ziyoda bo’lishiga.
BARG – Ibn Sirinning aytishicha, agar tushida barglarni daraxt ustida ko’rsa, tush ko’ruvchining fe’l-atvorini anglatadi, xususan, bu o’z vaqtida bo’lsa.
Agar daraxtdan yashil barglarni uzib olsa yoki kimdir unga bersa, tush ko’ruvchining fe’lu atvori xush va soz ekaniga dalildir. Agar daraxtdan yangi bargni uzib olganini ko’rsa, bargning miqdoriga muvofiq pul hosil bo’lishini bildiradi.
Jobir Mag’ribiy aytadiki, shirin mevali daraxtlarning barglari xulqning yaxshi ekaniga dalildir. Achchiq mevali daraxtlarning barglari xulqning yomon ekaniga dalildir.
Achchiq mevali daraxtlarning barglari badxulqlikni bildiradi. Meva qilmaydigan daraxtlarning barglari diram va dinor (pul)ni bildiradi. Ta’birchilarning aytishlaricha, mevali daraxtlarning barglari diram va dinorni bildiradi.