Tushda baqa

tushda baqa TUSHDA

Tushda baqa

Tushda baqa  – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi baqa obid va zohid kishidir. Har kim tushida baqani tutib olganini ko’rsa, yuqorida aytilgan sifatli kishi bilan hamsuhbat bo’lishiga dalildir. Agar baqa bilan urishayotganini ko’rsa, aytilgan sifatdagi odam bilan dushmanlashadi. Tushida baqalarning birorta erga yig’ilib, vaqirlayotganlarini ko’rsa, o’sha erga Alloh taoloning azobi etishiga dalildir.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, tushida baqani o’ldirganini va go’shtidan eganini ko’rsa, bir zohid odamga qahr qilishi, uning mikdoricha molini tortib olib, sarf qilishiga dalildir. Tushida baqa tishlab olganini ko’rsa, zohid odamdan unga ziyon etishiga dalildir. Tushida baqani suvdan olib, quruqlikka tashlaganini ko’rsa, bir zohid odamni ishdan qo’yishi va unga zarar etkazishiga dalildir.

BAQA JO’XORISI (ShITARAJ) – Bilginki, baqa jo’xorisi bir dori bo’lib, uni tushda iste’mol qilish zarar tortishga va moliga nuqson etishiga dalildir. Uni tushda ko’rish foyda bo’lmaydi, aksincha, zararni bildiradi.

(Visited 3 792 times, 2 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика