Tushda bayroq

tushda bayroq TUSHDA

Tushda bayroq

Tushda bayroq  – Tushdagi bayroq dono kishi, zohid imom yoki odamlar ergashadigan bir shaxsdir.

Agar tushida qo’lida bayroq borligini ko’rsa, yuqorida aytilgan toifadan biri bilan tanishishi va undan rohat topishiga dalildir. Agar bayroq qo’lidan tushib ketganini yoki yo’qolib qolganini ko’rsa, ta’biri aksincha bo’ladi.

Kirmoniyning aytishicha, tushdagi bayroq safarga dalil bo’ladi. Agar tushida unga qandaydir bayroqni berganlarini yoki lashkar u bilan jam bo’lganini ko’rsa, izzat va ulug’lik topishiga dalildir, xususan, bayroq yashil yoki oq bo’lsa shundaydir.

Mag’ribiyning aytishicha, tushida katta oq bayroq qo’lida turganini ko’rsa, bir yaxshi boy kishi bilan suhbatdosh bo’lishi va undan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar yashil bayroq qo’lida turganini ko’rsa, zohid va dindor bo’lishiga, agar qora bayroq borligini ko’rsa, qozi yoki xatib bo’lishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi bayroq to’rt narsani bildiradi: martabani; safarni; obro’ni; yaxshi ahvolni.

(Visited 1 145 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика