Tushda behi
Tushda behi (BEH) – Bilginki, tushda ko’rilgan behi haqida bu fan ustodlari o’rtasida ikki xil fikr bor. Ba’zilarning aytishicha, bir ulug’ odamdan xayru manfaat va yoqimli maqtov topadi, ba’zilarning aytishicha, behi farzand bo’ladi, ba’zilarning fikricha, bemorlik bo’ladi, deyiladi.
Bemorlikka hukm qilganlari aytadilarki, agar behi sariq rangli bo’lsa, bemorlik bo’lishi mumkin. Ba’zilari tan ranjini tortadigan uzoq safar bo’ladi, deydilar. Buning ma’nosi shuki, Jabroil (a.s.)
Odam Ato jannatdan chiqayotgan paytda unga behi bergan va g’amu anduhli safar hukmini etkazgan edi. Chunki, Odam Atoning safari jannatdan erga boradigan g’amu qayg’uli safar edi.
Tushda behi Behini farzandga hukm qilganlarning ma’nosi shuki, Odam alayhissalom dunyo yuziga kelgach, behi eganidan so’ng unda maniy (erlik urug’i) ziyoda bo’ldi, natijada undan bir necha farzandlar vujudga keldi.
Bir ulug’ odamdan xayru manfaat va yoqimli olqish topadi, deganlarning ma’nosi shuki, behi beruvchi Jabroil (a.s.) edi va oluvchi esa Odam alayhissalom edi. Uning shirin hidi esa yoqimli maqtov bo’ladi. Ko’rib turganingizdek, ustozlar ta’bir qilgan bu har bir tush behuda emas.
Ibrohimning aytishicha, tushdagi behi, xoh vaqtida, xoh bevaqt bo’lsin, bemorlik bo’ladi, rangi qanchalik sariq bo’lsa, bemorlik shunchalik og’ir bo’ladi.
Ja’far Sodiq aytishlaricha, o’z vaqtida ko’rilgan, biroq rangi ko’k bo’lgan behi farzandga ishoratdir. O’z vaqtida ko’rilmagan, rangi sariq bo’lgan behi bemorlikdir.