Tushda beshik
Tushda beshik BEShIK (MAHD) – Ibn Sirinning aytishicha, tushida belanchakda o’tirganini ko’rsa va tush ko’ruvchi shunga mos bo’lsa, rohat, engillik va xush hayotga hamda qo’rquv va g’amdan emin bo’lishiga dalildir. Tushida belanchakdan qulab ketganini ko’rsa, ta’biri aksincha bo’ladi.
Kirmoniyning aytishicha, tushida belanchakda o’tirganini ko’rsa, mehribon xotin olishi yoki chiroyli kanizakka dalil bo’ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi belanchak shunga sazovor bo’lgan kishi uchun oromgoh, izzat va martaba bo’ladi, agar sazovor bo’lmasa, qamoqxona bo’ladi.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi belanchak yoki beshik sakkiz narsaga dalildir: engillik va rohatga; ayshga; izzatga; davlatga; martabaga; omonlikka; mehribon kanizakka va xotinga.
BELKURAK (BEL) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi belkurak xizmatda bo’luvchi xodimni bildiradi. Kirmoniyning aytishicha, tushdagi belkurak ishlarni nifoq bilan bajaruvchi xodimni bildiradi.
Boshqalarning aytishicha, tushdagi belkurak mashaqqat va qiyinchilik bilan amalga oshadigan ishni bildiradi. X,ar kim tushida belkurakka ega ekanini va u bilan ish qilayotganini ko’rsa, o’sha qilayotgan ishining to’la amalga oshishiga dalildir. Agar ish qilmayotgan bo’lsa, ishining to’xtab va uzilib qolishini bildiradi.