Tushda bog`

tushda bog` TUSHDA

Tushda bog`

Tushda bog`  KO’RISh (BOG’ DIDAN) – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, tushdagi bog’ xotin bo’ladi. Boqqa suv berayotganini ko’rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo’lmayotganini ko’rsa, xotini uning yaqinlik qilishini xohlayotgan bo’ladi.

Boqqa gulu rayhonlar ekayotganini ko’rsa, qobil farzand tug’ilishiga dalildir. Boqqa shaftoli ekayotganini ko’rsa, farzand tug’ilib, tezda unga ilmu adab o’rgatishiga dalil bo’ladi. Bog’ida rayhon o’sganini, bo’y cho’zganini va uning hidi dimog’iga kirayotganini ko’rsa, dono, botir va aqlli farzand tug’ilishiga dalildir.

Rayhon hidi farzandga dalolat qiladi. Bog’ini yam-yashil, obod, oqar suvli, ko’shkli, daraxt mevalaridan egan, xotini bilan tomosha qilib yurgan holda ko’rsa, ular jannat ahli ekanliklariga dalildir.

Obodon bog’ni ko’rsa va mevalaridan olib esa, boyvachcha xotin olishiga dalolat qiladi va undan molu ne’mat topadi. Kuz faslida noma’lum boqqa kirsa va daraxtlardan barglarni to’ksa, unga g’am va qayg’u etishiga dalildir. Bog’da ko’shklar bo’lsa, sabzalar, oqib turuvchi suvlar, daraxtlar serob bo’lib, sohibjamol bir ayol uni imlab turganini ko’rsa, oxiratda jannat va hurlarni topishiga dalildir.

Tushda bog` Bog’i borligini yoki birov unga bog’ berganini ko’rsa, moldor xotin oladi va uning molidan eydi. Bog’da turganini va baland daraxt mevalari uning ustiga tushayotganini ko’rsa, aziz bir kishi bilan husumatlashadi va unga g’olib keladi. Bog’da daraxt ustida uxlayotganini ko’rsa, uning nasli va farzandlari ko’payishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, bog’ tushda boy va jamolli ulug’ kishi bo’ladi. Bahor yoki yozda bog’ni yashnagan holda ko’rsa, mevalar etilgan bo’lsa, gulu rayhonlar ochilgan bo’lsa, oqar suvlar bo’lsa, u bog’ o’rtasida o’tirgan bo’lsa, shahidlik topishiga dalil bo’ladi.

Yozda ma’lum va noma’lum bog’ ko’rsa, mevalari shirin bo’lsa, daraxt berglari to’kilgan bo’lsa, a’yonu xodimlaridan ajralgan podshoh bilan suhbatdosh bo’lishiga dalildir. Yozda bog’ni yashil, sermeva va oqin suvli holda ko’rsa, daryo suvi oqib kelib, bog’ni qo’porib, xarob qilsa, diyor podshohiga o’lim

 

xavfi borligiga dalil bo’ladi yoki ulug’ sulton tomonidan podshohlikdan tushiriladi. Agar olov paydo bo’lib, bog’ daraxtlarini yondirib yuborsa, podshohga fojeaviy o’lim etadi. Bog’da tuyalar yurgan bo’lsa, o’sha mamlakat podshohi dushman ustidan g’alaba qiladi.

 

(Visited 4 737 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика