Tushda bola bola
Kim tushida yosh bolani yerga koʼyganini koʼrsa, unga gʼam yoki kasallik
yetadi. Kim kichik bolani koʼtarsa ham shunday.
Yosh yigit
Uni tushda koʼrish nasiba, qabul va dushmanlar ustidan gʼalabaga dalolat
qiladi.
Yoshi katta tegirmonchi
Yeshi katta tegirmonchi buva va doʼstdir.
Yosh tegirmonchi
Yosh kizning beli
Yosh qizning belini koʼrish maqsadga erishishning ozgina kechikishligi.
Yogʼli buyrak
Аgar kishi ikki buyragini yogʼli holda koʼrsa, u notiq, toʼgʼri va makkor
boʼlgan boy kishidir.
Yogʼsiz buyrak
Buyrakning yogʼsiz, nimjonligi faqirlik va fikri sayozlikdir.
Yogʼochli jom
Yegʼochdan boʼlgan jom tushda dunyo va safar sababli paydo boʼladigan
moldir.
Yogʼoch kishan
Аgar u yogʼochdan boʼlsa, umunofiqlikka uchrashidir.
Yogʼoch kovush
Uni tushda koʼrish zuhd, tavba, tahoratdir, boʼydoq uchun yomon va
xusumatchi ayollarga uylanishiga dalolat qiladi.
Yeb boʼlmaydigan narsani chiqarmoq
Аgar tegirmondan yeb boʼlmaydigan narsani chiqarayotganini koʼrsa,
qahatchilikka, yaʼni ocharchilikka dalolat qiladi.
Yel, dam
Kimdan yel chiqqan boʼlsa, yomon soʼzdir.
Yel hidlash
Kim oʼzganing damini hidlasa, uning boshidan gʼam oʼtadi. Gohida
boshdagi ogʼriq, burundagi tumov va yomon xabarlarga dalolat qiladi.
Yelka
Kishining doʼsti, sherigi, koʼshnisi yoki oʼrniga oʼtira oladigan kishisiga
dalolat qiladi. Аgar yelkalar qalin, goʼshtdor boʼlsa, ishlarda quvvatga
ishora.
Yelka kattaligi
Аgar uning boʼyni emas, yelkasi katta boʼlsa, xiyonatchi, zolim kishidir.
Yelkan sotuvchi
Uni tushda koʼrish safarlarga, rizq yoki nikoh talabidagi ishlarni
tayyorlashga dalolat qiladi.
Yemfurush
U tushda moli koʼp fazilatlari bilan zikr qilinadigan saxiy kishidir.
Yeng
U tushda kishining moli, deb taʼbir etiladi.
Yozish
Kim tushida bir sahifaga yozayotganligini koʼrsa, meros oladi.
Yongʼoq, bodom va boshkalarning poʼstlogʼi
Ularni tushda koʼrgan kishi uchun kiyimdir. Poʼstloq yana riyo, maqtash va
munofiqliqdir.
Yongʼoq va shakar solingan holva
U tushda mol va xursandliqdagi lazzat, halol rizqdir.
Yordam
U botil ishda yordam beriladigan kishidir.