Tushda Bosh yelkaga qush qoʼnsa
Boshiga, yelkasiga qush qoʼnganligini koʼrsa, qilgan ishlariga dalolat
qiladi.
Bosh va tana tuklari
Bosh va tana tuklari mol-dunyodir.
Boshga urish
Kimki tushida biror kishining boshiga ursa va asorati boshda qolsa, oʼz
boshligʼining ishdan boʼshashini xohlayotgan boʼladi.
Boshdan quyosh chiqishi
Quyoshning oʼz boshidan chiqayotganini koʼrish muhim ishga ishoradir.
Bosh yogʼlansa
Аgar boshini xushboʼy yogʼlanganligini koʼrsa, bu tush yaxshilikka dalolat
kiladi.
Bosh judo boʼlishi
Kim gardaniga urilib, boshi tanasidan judo boʼlganini koʼrsa, agar
kasal boʼlsa, shifo topadi. Qarzdor boʼlsa, qarzini oʼtaydi. Аgar haj
qilmagan boʼlsa, haj qiladi. Аgar mashaqqat yoki urushda boʼlsa, unga yengillik
keladi.
Boshning yirtqichlar boshiga oʼxshashi
Аgar boshi fil, sher, yoʼlbars yoki boʼrining boshiga aylanib qolganini
koʼrsa, oʼzining qadridan balandroq ishlarni paydo qilishga kirishadi,
ulardan foyda topadi va dushmanlariga nisbatan zafarga erishadi.
Boshning hayvonlar boshiga oʼxshashi
Kim tushida boshi it, eshak, ot yoki boshqa hayvonlarning boshiga oʼxshab
qolganini koʼrsa, u qiyinchilik, mashaqqat va qullikka tushadi.
Boshning qushlarning boshiga oʼxshashi
Аgar boshi qushning boshiga oʼxshaganini koʼrsa, bu koʼp safar qilishga
dalolatdir.
Boshqaning taomi
Oʼzidan boshqasi unga ovqat pishirib berishi makr, aldov yoki rizqdir.
Boshqaruvchi, iqtisodchi
U tushda hofiz va olim kishidir.
Bogʼlanish
Аgar ikki qoʼlini bogʼliq holda tush koʼrsa, u baxil boʼladi. Аgar qoʼlini
boʼyniga bogʼliq koʼrsa, bu gunohdan tiyilishdir.