Tushda chayon
Tushda chayon – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi chayon zaif dushman bo’lib, odamlarni ranjitadi va do’st bylan dushman uning oldida barobardir. To’shida chayon chaqib olganini ko’rsa, dushman unga qattiq gapirishiga va undan ko’ngli og’rishiga dalildir.
Tushida chayonni o’ldirganini ko’rsa, dushman ustidan g’alaba qozonishiga dalildir. Chayonni o’ldirgach, u yana qayta tirilganini va yana unga hujum qilganini ko’rsa, dushmandan engishi, dushman yana unga qasd qilishini bildiradi.
Tushida qo’lida chayon turganini ko’rsa, odamlarning dilini o rituvchi bo’lishiga odamlarning orqasidan yomon so’zlashiga, odamlarni bir-biriga qarshi gij-gijlatishiga va fitna qo’zg’a- shiga dalildir.
Suvda pishirilgan yoki qovurilgan chayonni eganini ko’rsa, uning miqdoricha dushman molini eyishiga dalildir. Tushida chayonni og’ziga solganini va eb yuborganini ko’rsa, dushmanni uyiga olib kelishiga, u bilan suhbatdosh bo’lishiga
va o’tirib-turishiga dalildir. Tushida chayon kiyimi ichida ekanini ko’rsa, yuqoridagi ta’birga ega.
Jobir Mag’rchbiyning aytishicha, tushida chayondan qo’rqqanini va chayon uni chaqib olganini ko’rsa, dushmandan zarar topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, xotini bilan qo’shilaolmasligiga dalildir.
Tushida chayon uning ko’ylagi ichida ekanini ko’rsa, dushmandan ziyon etishiga dalildir. Tushida shalvari ichida chayon borligini ko’rsa, dushman uning xotini yoki kanizagi bilan buzuqchilik qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi chayon uch narsani bildiradi: dushmanni; hasadchini; chaqimchini.