Tushda echki

tushda echki

Tushda echki

Tushda echki – Ibn Sirinning aytishicha, tushda echki ulug’ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o’ldirganini ko’rsa, ulug’ bir kishining g’alaba qozonishini anglatadi.

Agar echkining po’stini shilib olganini ko’rsa, ko’p molni qo’lga kiritishga va g’amlab qo’yishiga dalildir.

Agar uning go’shtidan iste’mol qilayotganini ko’rsa, molni qo’lga kiritishga dalildir. Agar echkini minganini va har tomonga yurgizayotganini ko’rsa, bir ulug’ kishiga hiyla va nayrang ko’rsatadi va o’sha kishining xohlagan yo’liga yurgizishiga dalildir.

G’gar echki orqasidan kelib, uni yiqitib yuborganini ko’rsa, u kishining izzat-obro’sining to’kilishiga dalildir. Echkining har bir shoxini sindirib yuborganini ko’rsa, birovni amaldan qaytarishini’ bildiradi.

Agar echki shoxlarining uzun va mustahkam ekanligini yoki ortiqcha bo’lib qolganini ko’rsa, uning amali ulug’ va mahkam bo’lishiga, boshqalar ustidan zafar qozonishiga dalildir.

Agar echkining soqoli ko’payib qolganini ko’rsa, molining ziyoda bo’lishiga dalildir. Agar yungini olganini ko’rsa, yungining oz-ko’pligiga qarab, o’z farzandidan molga ega bo’lishini bildiradi.

Kirmoniyning aytishicha, echkini sog’ib, ichayotganini ko’rsa, birorta ayoldan mol topishiga dalildir. Agar moda echkini so’ysa va uning go’shtidan esa, o’sha xotindan hojatlari ravo bo’lishi- ni bildiradi.

Agar moda echkini go’sht uchun so’ymaganini ko’rsa, bir ayolni nikohiga olishi, biroq undan foyda ko’rmasligini bildiradi. Agar moda echkining o’z uyidan chiqib ketayotganini ko’rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir.

Agar echkilar podasi uyida borligini ko’rsa yoki o’z mulki bo’lmish boshqa joyga haydab borayotganini ko’rsa, shu echkilar mikdoriga muvofiq molu ne’mat hamda davlatini qo’lga kiritishiga dalil bo’ladi.

Agar echki hamda qo’ylarni podasini dalada o’tlatib yurganini va qaerga xohlasa o’sha erga olib borayotganini ko’rsa, arab yoki ajam viloyatlarning biriga hokim bo’lishini bildiradi.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, agar moda echkining go’shti- dan iste’mol qilayotganini ko’rsa, kasal bo’lishi, biroq tezda shifo topishini bildiradi. Echkining terisi, yungi va suti tushda xayru barakani bildiradi.

Agar echki bolasini unga berganlarini yoki topib olganini yoki sotib olganini ko’rsa, uyida muborak farzand tug’ilishiga dalildir. Agar echkining bolasini so’yganini ko’rsa, farzandi xalok bo’lishini bildiradi. Agar echki bolasining go’shtidan eganini ko’rsa, farzandining molidan unga etishini bildiradi.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushdagi echki lashkarning ilg’or qismini bildiradi. Agar bir kishi echki topib olsa va unga

 

Ja’far Sodiq aytadiki, tushida eshakni ko’rmoq, o’nta narsani bildiradi: vaqtni; davlatni; rahbarlikni; rayosatni; molini; xotin yoki kanizakni; shodlikni; iqbolni; ulug’vorlikni; martabani.

(Visited 3 775 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика