Tushda fil

tushda fil

Tushda fil

Tushda fil – Ibn Sirinning aytishicha, ta’birchilar aytadilarki, kunduz bilan tug da ko’rilgan tushlarning orasida hech bir farq yo’q, biroq filni ko’rishda farq bor. Agar biror kishi tushda fil ustida o’tirganini ko’rsa, nobakor bir ayolga uylanishini bildiradi.

Agar bu tushni kunduzi ko’rsa, xotinini taloq qilishiga yoki kanizagini sotib yuborishiga dalildir. Agar filni o’ldirganini ko’rsa, podshoh uning qo’lida o’ladi yoki mahkam berkitilgan qal’ani ochishiga dalildir.

Agar Tushda fil uning boshiga oyog’ini qo’yib, o’ldirganini ko’rsa, halokatga yaqin qolishi va ahvoli yomon bo’lishini bildiradi. Agar filning boshiga o’tirganini va bu fil boshqa odamniki ekanini ko’rsa, bir podshohning xizmatidan ikkinchi podshohning xizmatiga o’tishiga dalildir.

Kirmoniy aytadiki, agar filda o’tirganini va bu fil yuvosh va mute ekanini ko’rsa, ajam podshohi bo’lishi yoki ajam podshohiga zug’um o’tkazishini bildiradi.

Agar fil go’shtidan eyayotganini ko’rsa, shu go’sht mikdoriga muvofiq ajam podshohidan molu ne’mat topishini bildiradi.

Agar Tushda fil suyagi yoki terisidan biror narsaga ega bo’lganini ko’rsa, bu ham podshoxdan molu ne’mat topishiga dalildir. Agar jangda fil ustida o’tirganini ko’rsa, ulug’ dushmanga g’olib kelishini bildiradi, bu so’zga «Ashob ul-fil»66 qissasini dalil keltiradilar.

Agar fildan yiqilib tushganini ko’rsa, og’ir baloga giriftor bo’lishini bildiradi. Agar filning jangda yiqilganini va o’lib qolganini ko’rsa, o’sha diyor podshohining o’limiga dalildir.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, tushda tomosha qilish uchun filga o’tirganini, fil esa unga qodir ekanini ko’rsa, ajamiy ayolga uylanishini, ayol esa uning ustidan qodir ekanini bildiradi, agar buning aksini ko’rsa, u xotin ustidan qodir bo’ladi.

Agar fil minishga tayorlangan bo’lsa va uning ustiga minib, bir shahardan ikkinchi shaharga ketayotganini ko’rsa, o’sha mamlakat podshohi boshqa mamlakat podshohi tomon podshohini halok qilish uchun borishini bildiradi.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushda fil ko’rmoq olti narsaga dalildir: ajam podshohiga; g’ulomga; makrli odamga; quvvatli va haybatli odamga; hasadchi odamga; qonxo’r sitamgarga.

FIL SUYaGI (OJ) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi fil suyagi davlat bo’ladi. Agar tushida fil suyagi borligini ko’rsa, podshohdan MOA topadi. Agar fil suyagini yo’grtib qo’yganini ko’rsa, moli yo’q bo’lishiga dalildir.

Mag’ribiyning aytishicha, sandig’ida fil suyagi borligini ko’rsa, qarindoshlaridan biri ulug’vor bir ayolga uylanishiga dalildir. Agar tushida fil suyagidan siyohdoni borligini ko’rsa, podshoh unga kanizak sovg’a qilishi va obro’ topishiga dalildir. Agar fil suyagining singanini va yo’qolganini ko’rsa, xotini yoki kanizagining o’limiga dalildir. Fil suyagi qancha oq va toza bo’lsa, mol shuncha ko’p bo’ladi.

(Visited 2 196 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика