Tushda gul
tushda gul – Ibn Sirinning aytishicha, tushda ko’rilgan gul haqidagi hukm ikki xildir: birinchisi — daraxtda turgan gul; ikkinchisi — daraxtdan to’kilgan gul. Baqosi yo’q, uzoq turmaydigan gul tush ko’ruvchi uchun g’am-anduh bo’ladi. Har kim tushida qizil gulni o’z vaqtida o’z daraxtida ko’rsa, uning oilasida farzand tug’ilishiga dalildir, agar o’z vaqtida bo’lmasa, farzand sababli musibat etishiga dalildir.
Tushdagi gul daraxti ulug’lik va so’zini o’tkazish bo’ladi. Tushdagi sariq gul daraxti hojatlarni chiqaruvchi savdogar ayol bo’ladi. Oq gul izzat, davlat va obro’ bo’ladi. Agar o’z hovlisida gul daraxtini ko’rsa, bir qizga uylanishiga dalildir.
Agar o’z hovlisida sadbarg gulini ko’rsa, farzand sababli shod bo’lishiga dalildir. Agar har xil gullarning ochilib turganini ko’rsa, qarindoshlari va oila a’zolaridan xursand bo’lishini bildiradi.
Mag’ribiyning aytishicha, tushdagi gul birovga vafo qilmaydigan past himmatli erkakni bildiradi. Tushida birovga gul berganini yoki gul qo’lidan tushib ketganini ko’rsa, aytilgan sifatli erkakdan uzoqlashishini bildiradi.
I smoil Ash’asning aytishicha, tushdagi gul g’oyibdagi odamdan keladigan maktubni yoki g’oyibdagi odamning kelishini bildiradi.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi gul olti narsani bildiradi: farzandni; do’stni; past himmatli odamni; kanizakni; g’ulomni va g’oyibdagi odamning xatini.
GULTOJIXO’ROZ (BO’STON AFRUZ) – Ibn Sirinning aytishicha, tushda gultojixo’rozni ko’rmoq shodlikni bildiradi. Agar gultojixo’roz topsa yoki birov unga bersa, shodlik va xurramlikka dalil bo’ladi. Agar birovga gultojixo’roz berganini ko’rsa, o’sha odamni xursand qilishini bildiradi.
Kirmoniy aytadiki, agar gultojixo’rozni o’z vaqtida ko’rsa, ulug’likka dalil bo’ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, gultojixo’roz — xush tabiatli, go’zallik sohibasi bo’lmish savdogar boyning xotinini bildiradi. Agar gultojixo’rozni erdan yulib olganini ko’rsa, biror odamning suhbatidan judo bo’lishini bildiradi.
GULXAYRI (XITMIY) – Ibn Sirin aytadiki, tushdagi o’z faslida ko’rilgan gulxayri foyda bo’ladi, o’z faslida ko’rilmagan gulxayri g’amu anduh bo’ladi. Tushda undan iste’mol qilmoq zarar va nuqsonni bildiradi. U bilan boshni yuvish esa tavba va pok dinlilikka dalildir.
GUNAFShA (BINAFShA) – Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida binafshani ko’rsa va bu o’z vaqtida bo’lsa, biror ayoldan yoki kanizakdan o’ziga biror narsa etishiga yoxud farzand tug’ilishiga dalildir. Agar uni o’simligidan uzilgan holda ko’rsa, ham g’am va qayg’u etishiga dalildir. Agar ayol kishi binafshani uzsa va eriga bersa, eri uni taloq qilishiga dalil
bo’ladi. Agar birovning o’ziga bir dasta binafsha berganini ko’rsa, o’sha odam bilan o’rtalariga ayriliq tushishiga dalildir.