Tushda kasal

tushda kasal

Tushda kasal

Tushda kasal BEMORLIK (BEMORIY) – Ibn Sirinning aytishicha, har kim tushida bemor ekanini ko’rsa, diniy ishlari nuqsonli, odamlar bilan bo’ladigan muomalasi munofiqona ekanini bildiradi. Ba’zilarning aytishicha, o’sha yili o’ladi. Agar kasallikdan tuzalganini ko’rsa, o’z uyida bo’lmasa, hech kim bilan so’zlashmasa kasalligi uzoqqa cho’zilishi, xatto o’lim xatarining ehtimoli borligiga dalildir. Ammo odamlar bilan o’tirganini va so’zlashayotganini ko’rsa, kasallikdan tezda shifo to pishini bildiradi.

Kirmoniy aytadiki, Tushda kasal kasallikda yalang’och ekanini ko’rsa, tez o’lishiga dalildir. Ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi kasallik fisqu fujur hamda podshoh yoki ayol tomonidan etadigan g’amu anduhni bildiradi.

Jobir Mag’ribiy aytishicha, tushdagi har xil kasalliklar, farzlar va sunnatlarning xor bo’lishiga dalil bo’ladi.

Ja’far Sodiqning aytishlaricha, tushida bemor bo’lganligini va illatdan nola chekayotganini ko’rsa, g’amdan emin bo’lishiga dalildir. Agar kasallikda qanoatli, rozi va shukr qiluvchi bo’lsa, ta’biri yaxshilik va salomatlikka dalil bo’ladi. Agar kasal bo’lgani va yalang’och ekanini ko’rsa, ajali yaqin qolgani- ni bildiradi.

(Visited 24 114 times, 12 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика