Tushda kema

tushda kema TUSHDA

Tushda kema

Tushda kema – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, tushdagi kema g’am va o’y yoki qamoq yoxud ranj va balo keltiruvchi bir ishga dalildir, xususan, kema daryodan chiqmagan yoki daryo suvi ichida qolgan bo’lsa.

Ibn Sirinning aytishicha, har kim tushida kema ichida ekanini va undan sog’-salomat chiqqanini ko’rsa, g’amdan qutilishiga dalildir.Tushda kema  Agar tushida kemaning daryodan halok bo’lganini ko’rsa, birorta qavm tomonidan xalok bo’lishiga dalildir.

Agar tushida kemasi er ustida qolganini ko’rsa, ranju baloga mubtalo bo’lishi, oxiri qutilishiga dalildir. Tushida kemaning g’arq bo’lganini va o’zi salomat qolganini ko’rsa, moli talon-taroj bo’lishiga, o’zining sog’ qolishiga dalildir.

Agar tushida kema singanini va barcha g’arq bo’lganini ko’rsa, katta musibatga mubtalo bo’lishini bildiradi. Tushida kemaning baland joyiga o’tirib olganini va kema esa suvda yurib ketayotganini ko’rsa, ulug’ podshohlardan yaqinlik va izzat hosil bo’lishiga dalildir. Agar daryo o’rtasida kemalar ketayotganini ko’rsa, safarga borishiga dalildir.

Agar kemada o’tirganini, bu unga yoqayotganini, kemani yaxshi yurgizayotganini ko’rsa, g’amu qayg’udan qutilib, shod bo’lishini bildiradi. Tushida kemaning to’xtab turganini va har tomondan to’lqin kemaga urilayotganini ko’rsa, o’lim xavfi bo’lgan qiyinchilik unga yuzlanishiga dalildir.

Tushida oldinda kema ketayotganini va u kemaga eta olmayotganini ko’rsa, bir og’ir ishga mubtalo bo’lishi va oxiri xalos bo’lishiga dalildir.

Agar tushida kema yonida dengizga borganini ko’rsa, safarga borishi va ko’p foyda va mol topishiga dalil. Agar kemalarning ichida hech narsa yo’qligini va barchasi bo’sh ekanini ko’rsa, podshoh o’z elchilarini biror erga jo’natishiga dalildir. Agar kemalar g’arq bo’lganini ko’rsa, podshoh o’z elchilarini qaytarishiga dalildir.

Mag’ribiyning aytishicha, tushida kema dengizga cho’kkanini va kema uniki emasligini ko’rsa, o’lim haqida andishasi yo’qligini bildiradi.

Tushida kemada o’tirganini va podshohdan qo’rqayotganini ko’rsa, podshohga yaqin bo’lishiga va kemaning kattaligi barobarida foyda topishiga dalildir. Agar kemada xavfxatarsiz o’tirganini ko’rsa, podshohdan unga xavf etishiga dalildir.

.

(Visited 1 705 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика