Tushda ko`r

tushda ko`r

Tushda ko`r

Tushda ko`r  – Ibn Sirinning aytishicha, har kim tushida ko’r bo’lib qolganini ko’rsa, din va islom-yo’lida gumroh bo’lishiga dalildir. Tushida bitta ko’zi ko’r bo’lganini ko’rsa, yarim dinining ketishi yoki katta gunoh qilishi yoxud a’zolaridan biriga musibat etishiga dalildir.

 

Kirmoniyning aytishicha, tushida ko’rning qo’lidan tutganini ko’rsa, gumroh bo’lishiga dalildir.

Mag’ribiyning aytishicha, tushida ko’r bo’lganini ko’rsa, yaxshi ishlari qo’ldan ketishiga dalildir. Agar birovning bir ko’zining ko’r qilganini ko’rsa, o’sha kishini din yo’lidan chiqarishiga dalildir. Agar hayvonning ko’zini ko’r qilganini ko’rsa, bu o’sha hayvonning egasiga taallukdi bo’lib, o’sha odamga bi- rorta zarar etkazishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushda ko’r bo’lish etti narsaga dalil: kambag’allikka; holi yomon bo’lishiga; g’amu anduhga; badan nuqsoniga; musibatga; boylik nuqsoniga; dinning buzilishiga.

Agar ko’r kishi tushida ko’radigan bo’lib qolganini ko’rsa, dunyo ishlari yaxshilanishini bildiradi va umidsizlangan narsaga umid paydo bo’lishiga va Haq taolo rahmatidan nasiba topishiga dalildir.

(Visited 2 705 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика