Tushda korshapalak
Tushda korshapalak – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi ko’rshapalak gumroh va mahrum kishidir. Agar tushida ko’rshapalagi borligini ko’rsa, gumroh bir kishi bilan suhbatdosh bo’lishiga dalildir. Agar ko’rshapalakni eyayotganini ko’rsa, o’sha kishidan bunga foyda etishiga dalildir.
Tushda korshapalak Jobir Mag’ribiyning aytishicha, uning daraxtidan ko’rshapalakni uchganini yoki o’lganini ko’rsa, gumroh kishining suhbatidan judo bo’lishi va uning uchun to’g’ri yo’l shu ekaniga dalildir.
KO’PRIK QURMOQ (PUA SOXTAN) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi ko’prik podshoh bo’lishiga yoki odamlar uning vositasi bilan maqsadlariga etuvchi ulug’ bir kishiga dalil.
Kirmoniyning aytishicha, tushdagi ko’prik ta’biri yaxshi bo’luvchi narsalar qatoriga kiradi. Agar tushda ko’prikdan o’tganini ko’rsa, unga podshoh tomonidan etadigan izzat va obro’ni bildiradi. Agar ko’prik uchun poydevor qo’yganini va imorat qilayotganini ko’rsa, ulug’lik va podshohlik topadi, uning qo’lida ko’p mol to’planishiga dalildir.
Ja’far Sodiq aytishlaricha, tushdagi ko’prik to’rt narsani bildiradi: hamma odamlarga yaxshilik qiladigan va hammaning hojatini chiqaradigan kishini; podshohni; yaxshilik va murod topishini; ko’p mol qilishni.
Agar ko’prikning yiqilib xarob bo’lganini ko’rsa, podshohning ahvoli yomon bo’lishiga va mamlakatning nuqson topishiga dalildir.