Tushda ko`z
Tushda ko`z – Ibn Sirin aytadiki, tushdagi ko’z uzoqni ko’ruvchi kishi bo’lib, u orqali hidoyat yo’lini topadi. Ko’k ko’z bid’atdir, shahlo, ko’z farzand bo’ladi.
Agar tushida ko’r bo’lib qolganini ko’rsa, to’g’ri yo’lni yo’qotishiga yoki farzandining o’lishiga dalildir. Agar bitta ko’zining ko’r bo’lib qolganini ko’rsa, yarim dinining ketishi, bir qo’li, bir oyog’i yoki tanining bir qismi bilan ulug’ gunoh qilishiga yoki unga biror musibat etishiga dalil bo’ladi.
Kirmoniy aytadiki, agar ko’zga surma tortganini ko’rsa, dinini pok tutishga intilishiga dalildir. Agar surma tortishdan maqsadi ziynat va yasanish bo’lsa, aziz bo’lish uchun odamlarning ko’ziga o’zini omonatkor va dindor qilib ko’rsatishiga dalildir.
Tushda ko`z Agar kimdir unga ko’ziga tortish uchun surma berganini ko’rsa, surma miqdoriga muvofiq mol topishini bildiradi. Agar ko’z nuri zaif bo’lib qolganini ko’rsa, zohir va botinda (tashqi va ichki tomondan) ikkiyuzlamachi va munofiq bo’lishga dalildir.
Tushda ko`z Jobir Mag’ribiy aytadiki, ko’zi po’latdan ekanini ko’rsa, sirlari ochilishiga dalildir. Ikki ko’zining shishib ketganini va ularni ocholmayotganini ko’rsa, yoqimsiz’ kishi bilan suhbat qurishini bildiradi. Ko’z nurining kamayganini ko’rsa, toatida nuqson yuz berishiga dalil bo’ladi.
Agar bir kishining ko’zi qora bo’lib, so’ng ko’k bo’lib qolganini ko’rsa, yomonlik va ahvolining o’zgarishiga dalil bo’ladi. Agar ikki ko’zining oqarib, so’ng yana qora bo’lib qolganini ko’rsa, kasal bo’lishiga yoki biror kishi bilan o’rtalarida hurmat paydo bo’lishiga dalildir.
Ko’zlari butunlay qorayib ketganini, oqi aslo yo’q ekanini ko’rsa, takabbur bo’lishiga dalildir. Agar bir ko’ziga ofat etganini ko’rsa, farzandlariga ofat etishini bildiradi. Agar bir kishining qo’l cho’zib, bir ko’zini o’yib olganini ko’rsa, farzandi uni yo’ldan urishiga dalildir.
Tushda ko`z Agar kimdir uning ko’zini bog’lab qo’yganini yoki qo’li bilan bekitganini ko’rsa, farzandiga ziyodalik etishiga yoki moli ketishiga yoki biror gunoh qilishiga dalildir. Agar ko’zlaridan qon oqayotganini ko’rsa, farzand tufayli g’am etishiga yoki moli nuqson topishiga dalildir.
Ismoil Ash’asning aytishicha, har kim ko’zini quloqqa aylanganini, qulog’i esa ko’zga aylanganini ko’rsa, xotin olishi va qiz tug’ilishiga yoki har ikkovining qo’shilishiga dalildir. Agar qo’li va kaftida ko’z borligini ko’rsa, mol topishini bildiradi. Agar ko’zida oqi borligini ko’rsa, unga qayg’u etishiga da- lildir.