Tushda kulgi

tushda kulgi

Tushda kulgi

Tushda kulgi  – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi xanda g’amu anduhdir. Tushida qahqaha bilan kulayotganini ko’rsa, qayg’u-g’amning ziyoda bo’lishiga dalildir. Tushida ohista kulayotganini ko’rsa, g’ami kamroq bo’lishiga dalil.

Kirmoniy aytadiki, tushida ohista kulish murod va bashorat topishiga dalildir.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushida ohista kulish farzandga dalolat qiladi.

Tushida qah-qah urib kulmoq g’amu anduhni va Alloh taolo ishlaridan hayratga tushishini bildiradi.

KUL (XOKISTAR) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi kul sulton tomonidan etadigan va boqiy turmaydigan botil moldir. Ba’zi ta’birchilarning fikricha, xayru manfaati bo’lmagan ilmdir.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushdagi kul to’qqiz narsani bildiradi: nomaqbul ilmni; harom molni; botil ishni; xusumatni; fisqu fujurni; makru hiylani; hasratni; pushaymonlikni; foydasi bo’lmagan ishni.

KUYDIRIB DAVOLAMOQ (DOG’ KARDAN) – Ibn Sirir aytishicha, tushida kuydirib davolamoq mol va boylik bo’ladi. Tushida kuydirib davolaganlarini ko’rsa, dog’ning mikdoriga muvofiq Alloh taolo yo’lida mol sarflashiga va oxiratda azobdan emin bo’lishiga dalildir.

Kirmoniy aytadiki, kuydirib davolagan erdan qon yoki yiring oqayotganini ko’rsa, podshoh huzurida muqim bo’lishiga dalildir, agar qon ham, yiring ham yo’q bo’lsa, podshoxdan hech qanday manfaat ko’rmasligini bildiradi.

Hazrati Doniyol aytadilarki, tushida birovning tanini kuydirib davolaganini ko’rsa, yomon so’z eshitadi yoki uni biror narsada muttaham qiladilar. Tushida biror kasallikka qarshi belini kuydirib davolaganlarini ko’rsa, din va dunyosining yaxshilanishiga dalolat qiladi. Ba’zilarning aytishicha, podshoh ishlarining poydevoridir.

Ja’far aytadiki, tushda kuydirib davolamoq zakotni man’ etish va podshoh ishi bilan mashg’ul bo’lishini bildiradi.

(Visited 1 987 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика