Tushda kumush

tushda kumush

Tushda kumush

Tushda kumush   – Ibn Sirinning aytishicha, ko’p odamlar tushida kumush ko’radilar, o’ngida ham kumush topadilar, ko’pincha zahmatga tushadilar. Tushda kumush ko’rish to’g’ri xabarga dalil bo’ladi. Singan kumush yolg’on xabarga dalildir. Agar cho’ntagida kumush borligini ko’rsa biror narsani omonat sifatida unga qo’yishlariga dalildir. Agar tushida kosa, oftoba yoki jomni kumushdan ekanini ko’rsa, molga dalil bo’ladi. Agar hisobsiz kumush topganini ko’rsa, xazina topishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, tushida kumushi juda ko’pligini ko’rsa, farzand tug’ilishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi kumush to’rt narsani bildiradi: xotinni; boylikni va maishatni.

KUMUSh TANGA

(DIRAM) – Ibn Sirinning aytishicha, odamlarning tabiatlari har xil bo’ladi, bir odam bo’ladiki, tushida diramni ko’radi, o’ngida esa diram topadi. Tushda kumush Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, har kim tushida diramni ko’rsa, shirin so’z eshitadi yoki Haq subhonahu va taolo zikrini aytadi.

Agar tushidagi diram oq bo’lsa yaxshiroq bo’ladi, agar qora bo’lsa, yuzida naqshlar va suvrat bo’lsa, jang va xusumatga dalil bo’ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushida kichkina diram topib olsa, kichkina farzandga dalolat qiladi.

Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushida dirami yo’qolib qolsa yoki kimdir o’g’irlab ketsa, kichkina farzandidan diliga g’am tushishiga dalildir. Tushida kichik diramini yo’qotib qo’ysa, yana qaytarib topsa, o’sha ranj dilidan ketishini bildiradi, agar qayta topmasa, farzandi halok bo’lishiga dalil bo’ladi.

Kirmoniy aytadiki, tushida qo’lida diram tutib turish yaxshi so’z eshitishiga dalil. Singan diramlar parishon so’zlardir. Tushidagi ko’pgina diram ko’p molni bildiradi. Tushda kumush Tushda oilada diramlar taqsim qilayotganini ko’rsa, ularning o’rtasida qozilik qilishiga dalil.

Uyida juda ko’p diramlar borligini tush ko’rsa, uning miqdoricha mol topishini bildiradi. Tushida hisobsiz diram yiqqanini ko’rsa, odamlarni haq va botildan ogoh qilishini bildiradi. Qo’lida bir dona oq diram borligini tush ko’rsa, farzand tug’ilishiga dalildir. Tushda kumush  Diramning yo’q bo’- lib qolganini ko’rsa, farzandi o’lishiga dalildir.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, har kim tushida oq diram ko’rsa, o’ngida qora diram topadi. Tushda kumush Odamlarning aksariyati tushida diram ko’radilar va uyg’oqlikda uni topadilar.

Ismoil Apgas aytadiki, tushdagi butun diram dinning sofligiga, singani esa xusumatga dalil. Tushida podshohning diram berganini ko’rsa, g’am-anduhdan ozod bo’lishini bildiradi.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushdagi diram o’nbir narsani bildiradi: yaxshi so’zlarni; hojatlarning yuzaga chiqishini; ulug’likni; yig’ilgan molnii; do’stni; farzandni; fitnani; rizq kengligini; tinchlikni; kanizakni; diram topishni.

Xususan, tush ko’ruvchi pokdoman kishi bo’lsa, agar pokdoman bo’lmasa, farzandlar zahmati hamda g’amu anduh bo’ladi.Tushda kumush   Tushdagi singan diram to’rt narsaga dalil bo’ladi: yomon so’zga; jang va’xusumatga; qamoq va zindonga, so’zlashuvga.

(Visited 9 132 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика