Tushda maymun

tushda maymun

Tushda maymun

Tushda maymun   – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi maymun firib beruvchi mal’un dushmanni bildiradi. Agar maymun bilan o’tirganini va maymun unga itoatli ekanligini ko’rsa, dushman ustidan g’olib bo’lishini bildiradi.

Agar maymun bilan jang qilayotganini va undan ojiz qolganini ko’rsa, kasal bo’lishini va undan shifo topmasligini bildiradi yoki uning badanida bir ayb paydo bo’ladiki, undan xaloslik topolmaydi.

Kirmoniyning aytishicha, tushda maymunni o’ldirganini ko’rsa, dushmanga qahr qilishiga dalil bo’ladi. Agar maymun go’shtidan eganini ko’rsa, qiyinchilikka yoki birorta nuqsonga giriftor bo’lishini bildiradi. Agar kimdir unga maymun berganini ko’rsa, kimdir uning dushmanligini oshkor qilishiga dalildir.

Tushda maymun Jobir Mag’ribiy aytadiki, agar tushda maymunni o’ldirganini ko’rsa, kasal bo’lishi va tezda shifo topishini bildiradi. Agar maymun otiga minganini ko’rsa, birorta juhud (yahudiy) uning xotini bilan buzuq ish qilayotganiga dalildir.

Urg’ochi maymun buzuq yoki jodu bilan shug’ullanuvchi ayoldir. Agar uyiga maymun kirib kelganini ko’rsa, uyida birorta ayolning unga sehru jodu qilishini bildiradi. Agar maymun tishlab olganini ko’rsa, bemor bo’lishi yoki o’z ayolidan dashnom eshitishini bildiradi.

Agar maymun unga biror narsa berganini yoki u eganini ko’rsa, o’z molini axdi oilasi uchun sarf qilishini bildiradi.

(Visited 5 438 times, 6 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика