Tushda non

tushda non

Tushda non

Tushda non KULChA NON (KULIChA) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi kulcha non yoqimli hayot, ne’mat va molga dalildir.

Tushida kulcha non eganini ko’rsa, molu ne’matni oson qo’lga kiriti- shiga dalildir. Agar qopda kulchani borligini ko’rsa, ko’p molu ne’mat hosil bo’lishiga dalildir. Tushida og’ziga kulchani solganini va uni eyolganini ko’rsa, uning molu ne’mati boshqalarga taqsim bo’lishini bildiradi.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi kulcha non to’rt narsani bildiradi: oson qo’lga keladigan halol molni; farovon rizqni; ne’matni va xush hayotni.

KUNJUT (KUNJID) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi kunjut har kuni ko’payib turadigan boylikni bildiradi. Tushida kunjuti borligini va undan eyayotganini ko’rsa, uning mikdoricha mol hosil qilishiga dalildir. Tushida birovga kun- jut berganini ko’rsa, uning mikdoricha birovga foyda etkazi- shiga dalildir. Tushida kunjut eganini va uning ta’mi noxush ekanini ko’rsa, uning mikdoriCha harom mol topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, unga qayg’u-g’am etadi.

(Visited 1 765 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика