Tushda Nur TUSh TАBIRI HАQIDА SIZ BILMАGАN XАYRАTLАNАRLI MАLUMOT

Tushda Nur

Kim qorongʼulikdan nurga chiqqanligini koʼrsa, agar kofir boʼlsa,

musulmon boʼladi yoki agar gunohkor boʼlsa, tavba qiladi. Аgar qamoqda boʼlsa,

qamoqxona zulmatidan najot topadi.

Nursiz quyosh

Nursiz quyosh podshoh haybatining zaiflashishidir. Аgar ayol kishi

boʼlsa, nafaqa bermaydigan erga turmushga chiqadi.

Najasni ushlash

Kim bexosdan yozilsa va najasini ushlasa, shu najas miqdorida pullarga

yetishadi.

Najosat, tezak

U tushda moldir.

Nasroniylar ibodatxonasi

Kim tushida turar joyining nasroniylar ibodatxonasiga

aylanganligini koʼrsa, soʼzi nasroniylar soʼziga oʼxshash boʼladi.

Nikoh oʼquvchi

Uni tushda koʼrish boʼydoqning uylanishidir.

Noaniq qush

Noaniq qush oʼlim farishtasiga ishoradir.

Nomaʼlum pech

Nomaʼlum pech gohida sulton yoki hokimning hovlisiga dalolat qiladi.

Nomaʼlum cholning gʼazabi

Nomaʼlum cholning gʼazabi doʼstning nasihatidir. Lekin u bu

nasihatlarni qabul qilmaydi. Аgar tushida uni yoqtirib qolsa, nasihatni

oladi.

Nonushta

Kim tushida nonushta talab qilsa, charchaydi.

Nonxurush, achchiq aralashma

U tushda gʼam va tortishuvdir. Аgar undan yesa, unga ham gʼam yetadi. Аgar

yemasa va ushlamasa, u ziyon koʼriladigan moldir.

Non xamiri

Kim manzilida xamir koʼrsa, tijoratdan mol foyda qiladi.

Notanish yoʼllar

Kimki tushda notanish yoʼllarda yurganini koʼrsa, din yoʼlidan adashadi.

Nogʼora

Nogʼora – utushda notoʼgʼri xabardir.

Nogʼoralar

Nogʼoralar – ular tushda insonlar ishlariga, zinoga, oʼyin-kulgiga, narda

va sexr kabi botil ishlarga dalolat qiladi.

Nogʼora ovozi

Nogʼora ovozi yolgʼondir.

Nogʼarachi

Nogʼarachi u tushda xabarchiga, kulanj (ichak yalligʼlanishi) kabi

kasalliklarga dalolat kiladi.

Noqis son

Kim tushida sonida noqislik koʼrsa, uning ahli yoʼq, gʼarib kishi boʼladi.

(Visited 86 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика