Tushda o`lik tirilishi

Tushda o`lik tirilishi

Tushda o`lik tirilishi

Tushda o`lik tirilishi  ) – Kirmoniyning aytishicha, tushida o’likning tirilganini ko’rsa, ahvoli yaxshi bo’lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo’lsa.

Agar tirikni o’lgan holda ko’rsa, ahvoli yomon bo’lishiga dalil- dir, xususan, yuzi g’amgin holda bo’lsa. Agar o’lgan otasini tirik, xurram va ochiq yuzli holda, pokiza libosda ko’rsa, davlat va iqbol topishiga, ishlari soz bo’lishiga dalildir.

Agar onasini tirik holda ko’rsa, g’amdan qutilib, shod bo’lishiga dalildir. Agar ayol kishi tushida o’g’lining tirilganini ko’rsa, safardagi kishisi qaytib kelishiga dalildir. Agar begona bir o’lik tirilganini ko’rsa, o’sha murdaning qarindoshlari yaxshi holatda bo’lishlariga dalildir.

Agar tirikni o’lib qolganini ko’rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo’ladi. Tushida o’likni tiriltirganini ko’rsa, g’ayridin odam uning qo’lida musulmon bo’lishiga dalildir.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, har kim tushida o’lgan ota va onasini g’amgin va eski liboslarda qo’rsa, davlati va iqbo- liga nuqson etishiga dalildir.

Tushda o’likni qay ahvolda ko’rsa, o’ngida tirikning ahvoliga dalildir. Agar tushida otasini yoki ota-onasini ochih yuzli va pokiza kiyimlarda ko’rsa, ko’p ne’mat topishiga dalildir.

Agar o’lgan aka yoki ukasini yuqorida aytilgan holatda ko’rsa, sharaf, ulug’lik va obro’ toptsshiga dalildir. Buning aksini ko’rsa, ta’biri ham aksincha bo’ladi.

Kirmonining aytishicha, tushida murdani ko’rib, sen murdamisan, deb so’rasa, murda esa, yo’q tirikman, deb javob berganini ko’rsa, murdaning ahvoli u jahonda yaxshi bo’ladi.

Agar murdaning shod va xurram holda o’z uyiga kirganini va o’tirganini ko’rsa, sadaqa va duolar unga etayotganiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushida o’lik o’z uyida uni quchog’iga olganini ko’rsa,. tandurust va salomat bo’lishiga, davlat va iqbol topishiga dalildir. Agar bu murda o’z qarindoshla- ridan bo’lsa, undaN duo va sadaqa umid qilayotganiga dalildir.

Agar har kim o’z oilasidan bo’lgan o’likni shod ko’rsa, ahli oilasi shodlikda va xurramlikda bo’lishlariga dalildir.

 

Agar yomon gaplashsa yoki unga nasihat qilsa, ta’biri boshqacha bo’ladi. Agar o’lik unga ilm va hikmatdan gapirsa yoki unga va’zu nasihat qilsa, tush ko’ruvchining din va diyonatda solih va yaxshiligiga dalildir.

Agar o’likni tirikligidagi holiga nisbatan yaxshiroq holda ko’rsa, liboslari pokiza bo’lsa, ishlarining oxiri xayrli va saodatli bo’lishiga dalildir.

 

Ismoil Ash’asning aytishicha, tushida murdaning namozda turganini ko’rsa, murda tiriklik paytida ko’p istig’for aytganiga dalildir.

(Visited 17 437 times, 17 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика