Tushda o`lish
Tushda o`lish – Tushida o’lib qolganini, odamlar yig’layotganini yoki uni bog’lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go’rga qo’yganlarini ko’rsa,
bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go’rda tiriltirib, tashqariga chiqarayotgan bo’lsalar, ta’biri boshqacha bo’ladi.
Tushida uni dafn qilganlarini, go’riga tuproq bosganlarini, odamlar orqaga qaytganlarini ko’rsa, dini hech qachon tuzalmasligiga dalildir.
Ba’zilarning aytishicha, tushida o’lsa, tezda janoza o’qib, tobutga solganlarini, tobuti orqasidan ko’plab odamlarning ketayotganini ko’rsa, sharaf va ulug’lik topishiga, boshliq bo’lishiga, biroq odamlarga zulm qilishiga dalildir.
Tushda o`lish Agar tushida o’lganini, yana qaytib tirilganini ko’rsa, qilgan gunohiga tavba qilitpini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, umri uzoq bo’ladi. Tushida birov, sen hechqachon o’lmaysan, deganini ko’rsa, g’azoda shahid bo’lishiga dalildir.
Tushida o’lganini, bir odam unga qarayotganini, tobuti orqasida hech kim yo’qligini ko’rsa, xarob bo’lgan uyi hechqachon obod bo’lmasligiga dalildir. Tushida o’zini o’liklar orasida ko’rsa va o’zini o’lgan deb tasavvur qilsa, johil odamlar bilan safar qilishini bildiradi.
Tushda o`lish Ibn Sirinning aytishicha, har kim o’zini yaxshi odamlar nazarida qanday ekanini bilmoqchi bo’lsa, agar murdalar tushda unga bashorat bersalar, u bilan yaxshi so’zlashsalar, ochiq yuzli bo’lsalar, demak, uning holi Haq taolo qoshida yaxshi bo’ladi.
Agar murdalar unga noxush so’zlarni aytsalar, undan yuz o’girsa- lar, uning holi Haq taolo oldida yomon ekaniga dalildir.
Jobir Mag’ribiyning aytishicha, tushidagi nogohoniy o’lim mo’min kishi uchun rohat, kofir uchun azobdir. Agar nogohoniy bo’lmasa, dinning buzilishiga dalildir.
Tushda jon berishning qanchalik og’ir bo’lganini ko’rsa, azob va uqubat shunchalik kuchli bo’lishini bildiradi.
Tushida o’lganini va kimdir uni yuvgani- ni ko’rsa, tavba qiluvchi bo’lishiga dalildir. Tushida tobuti orqasidagi odamlar havoda ketayotganlarini ko’rsa, o’sha shahardagi bir ulug’ odam safarda o’lishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, tushida o’lganini va uni tobutga solganini, xalq tobuti orqasidan ketayotganlarini ko’rsa, o’ziga yarasha ulug’lik topishiga dalildir. Agar murda tobutda og’ir bo’lsa, odamlarga nisbatan zolim va qahrli bo’lishiga dalildir.
Agar murda tobutda engil ekanini ko’rsa, xalqqa yaxshilik qilishiga dalildir. Agar o’likni elkasida ko’tarib olib ketayotganini ko’rsa, harom mol topishiga dalildir.
Tushida birovning o’lganini, uni tobutga solganini va tobutni elkaga olganlarini ko’rsa, o’sha odamning podshoh xizmatiga kirishi va undan rohatu foyda ko’rishiga dalildir. Agar o’lib, so’ng tirilganini ko’rsa, u yashayotgan shahar xarob bo’lishiga dalildir.
Agar yana qaytib o’lganini ko’rsa, uning farzandlaridan kimdir o’lishiga dalildir. Tushida farzandlaridan biri o’lib qolganini ko’rsa, boy bo’lishini bildiradi. Yana, dushmandan omon bo’ladi, ham deyishadi.
Tushida ota va onasi o’lib qolganini qo’rsa, ishlari vayron bo’lishiga dalildir. Agar ayol kishi tushida homilador ekanini so’ng o’lib qolganini, odamlar unga yig’lashayotganini ko’rsa, o’g’il tug’ilishiga dalildir.
Ismoil Ash’asning aytishicha, tushida o’lik yana bir marta o’lganini, o’likka baqirib yig’lashmayotganini, balki ohista yig’izori bo’layotganini ko’rsa, o’sha oiladan bir ayolga uylanishiga va shodu xurramlik bo’lishiga dalildir.
Agar tushida o’lsa, ayollar va erkaklar dodlashib yig’layotganini ko’rsa, oilasiga g’am va anduh etishiga dalildir. Agar ayol kishi o’zining o’lganini, yuvishganini va tobutga solishganini ko’rsa, yaxshi so’zlar aytishiga dalildir. Agar uni dafn qilishganini ko’rsa, yombn bo’ladi.
TUYa (UShTUR) – Ibn Sirin aytadi: «Agar kishi o’zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko’rsa, safarga borishiga dalildir.
Agar tuya ustida o’tirganini va yo’lini yo’qotib qo’yganini ko’rsa, o’zi uchun kerakli yo’lning qaerda ekanini bilmasa, o’z ishi bo’yicha hayronlikda qolishiga dalildir. Agar urg’ochi tuya topib olsa, xotin olishiga dalildir.
Agar u bo’taloq bo’lsa, olgan xotini kichik bo’ladi. Agar tuya orqasidan chopib kelayotganini ko’rsa, g’amgin bo’lishiga dalildir. Agar tuya o’zidan yuz o’girganini va bo’ysunmaganini ko’rsa, g’amgin bo’lishiga dalildir».
Mast tuyaga o’girganini ko’rsa, bir ulug’ odam ustidan g’alaba qilishiga dalildir. Agar tuya bilan jang qilayotganini ko’rsa, o’ziga dushman bo’lgan ajnabiy bir erkak bilan o’zaro xusumat qilishiga dalil bo’ladi.
Agar uning urg’ochi tuyasi qochib ketsa yoki o’g’ri o’g’irlasa, xotindan judo bo’lishi yoki oralariga xusumat tushishiga dalil bo’ladi. Agar uning urg’ochi tuyasi o’lib qolganini ko’rsa, xotini o’lishiga dalildir. Tuyasi bola tuqqanini ko’rsa, xotinining tug’ishi va molining ziyoda bo’lishiga dalildir.,
Tushda o`lish Agar tuyalar biror zaminda yoki qishlokda to’planayotganini ko’rsa, o’sha erda dushmanlarning to’planishiga yoki o’sha erni sel xarob qilishiga yoki o’sha mavze odamlari ustiga bemorlik hokim bo’lishiga dalildir. Agar tuyalarning bug’doy yoki arpadan yuklari borligini ko’rsa, o’sha joyda dushmandan xayru barakot etishiga dalildir.
Jobir Mag’ribiy aytadiki, agar har kim bir yoshli tuya ustiga o’tirganini ko’rsa, g’amgyn bo’lishiga dalildir. Agar o’z tuyasining andomidan qon oqayotganini ko’rsa, o’sha qon mikdoriga muvofiq dunyoviy saodat topishiga dalildir.
Tushda o`lish Agar biyobonda ko’pgina tuyalarni topib olsa, ulug’lik va amal topishiga dalildir. Agar ikkita tuya topib olganini ko’rsa, mol topishiga dalildir. Agar kimdir unga tuya berganini ko’rsa, o’sha tuya qimmatiga muvofiq biror kishidan foyda topishiga dalildir.
Agar bir qavm bir tuyani so’yib go’shtini taqsim qilayotganini ko’rsa, o’sha mavzeda biror ulug’ kishining vafot qilishi va uning molini bo’lib olishlariga dalildir.
Корин дам бўлиши (метеоризм) — сабаблари уй шароитида даволаса буладими?
Tushda it ko’rsa nima bo’lish haqida eng to’g’ri tush tabiri
https://jinsiy.su/uz/tushda-ulgan-odam-k%D1%9Erish-%D2%9Bandaj-o%D2%9Bibatlari-b%D1%9Elishi-mumkun/