Tushda olma
Tushda olma – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi olma agar ko’k bo’lsa, farzandni bildiradi, qizil bo’lsa, podshohdan keladigan foydani, oq bo’lsa, savdogarlardan keladigan foydani, sariq va nordon bo’lsa, bemorlikni bildiradi.
Agar tushida oq olmani ikkiga bo’lganini ko’rsa, biror ishda sherik bo’lgan kishidan judo bo’lishni bildiradi. Agar qizil olmani daraxtdan olganini va eganini ko’rsa, oilasida qiz tug’ilishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, tushdagi olma xayriyatni bildiradi. Agar olma achchiq bo’lsa, noxush xabarni, shirin bo’lsa, yaxshi xabarni bildiradi.
Hazrati Doniyol aytadilarki, tushida olmasini borligini ko’rsa va uni esa, foyda topadi. Olma tush ko’ruvchining himmatini va uning sifatini bildiradi. Agar podshoh tushida olma ko’rsa, mamlakat topishiga dalildir. Agar olmani savdogar ko’rsa, tijorati yaxshi bo’lishiga dalildir.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi olma etti narsaga dalildir: farzandga; foydaga; bemorlikka; kanizakka; molga; ulug’likka; tush sohibining himmatiga.