Tushda olov

tushda olov

Tushda olov

Tushda olov  – Hazrati Doniyol aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko’rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko’rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo’ladi va bashorat hamda yaxshilik topadi.

Agar olov uni kuydirmaganini ko’rsa, xohishsiz safarga chiqadi. Olov badanini kuydirganini ko’rsa, kuygan joyning miqdoriga qarab, unga ziyon va zarar etadi.

Agar uyiga olov tushganini va badanining hammasini kuydirganini va olov lovillab yonib turganini ko’rsa, yuragida hech qanday qo’rquv bo’lmasa, unga etadigan mehnat va musibatdan bemor va zaif bo’lishiga dalildir, bu bemorlik shamollash, o’lat, chechak, qizamiq va shunga o’xshashlardir. O’sha olovdan qo’liga olsa, olingan olov miqdoriga muvofiq unga harom mol etadi.

Agar olov tutun bilan birga bo’lsa, harom mol unga jang va xusumat orqali qiyinchilik bilan hosil bo’ladi. Agar olovning tafti va issig’i o’ziga etib kelayotganini ko’rsa, uni uzoqdan g’iybat qilishlariga dalildir.

 

Agar biror shaharga, mahallaga, yoki saroyga olov tushgan bo’lsa, nimaiki bo’lsa, barini kuydirsa, olovdan dahshatli ovoz chiqayotgan va ko’kka o’ralayotgan bo’lsa, o’sha joyda jang va qirg’in bo’lishi yoki og’ir kasallik yuz berishiga dalildir.

Olov ba’zi narsalarni kuydirib, ba’zilarini kuydirmasa, dahshatli ovozga ega bo’lmasa, o’sha diyorda urush va jang bo’lishiga dalildir. Agar olov o’rlamasa va nuri yo’q bo’lsa, og’ir kasallikka dalildir.

 

X,azrati Sodiq aytadi: «Agar olov parchalarini eb yuborayotgan bo’lsa, etimLarning molini eyishiga dalil bo’ladi. Og’zidan olov chiqayotganini ko’rsa, yolg’on va bo’hton gapirishiga dalildir. Uning yonida olov yonayotgan bo’lsa va unga ziyon etkizmasa, xayriyat va yaxshilik topishiga dalil.

 

OLOV ALANGASI

(ShARORAYI OTASh) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi olov alangasi o’ziga etadigan yomon gapga dalildir. Agar o’ziga hisobsiz olov alangasi tegayotganini ko’rsa, og’ir mehnat va baloga giriftor bo’lishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, biror shahar yoki ko’chaga olov alangasi tushsa, o’sha mavzeda jang va fitna paydo bo’lishiga dalil bo’ladi. Agar olov alangasini kuchli ko’rsa, Alloh azza va jallaning azobi unga yoki o’sha mavzega etishiga dalil bo’ladi. Olov alangasi odamlar orasiga tushganini ko’rsa, o’sha mavzedagi odamlar bir-biri bilan jangu xusumat qilishlariga dalil. O’t qo’ymoq va olov bilan o’ynamoq qattiq yomon gapirishga dalildir.

 

OLOV YoQMOQ

– Ibn Sirinning aytishicha, tushda olov yoqmoq podshoh uchun quvvat bo’ladi. Tutunsiz va yorug’ olov ham quvvatdir. Tutunli olov sitamgar podshoh hamda qayg’u va ziyon bo’ladi. Isinish uchun olov yoqsa, yoki bu olovda boshqa odam isinayotgan bo’lsa, foyda topish uchun biror narsa qidirishiga dalil bo’ladi.

Biror maqsadsiz va foydasiz olov yoqqanini ko’rsa, hech bir sababsiz jang va janjal qilishiga dalildir. Biror narsa pishirish maqsadida olov yoqayotganini ko’rsa, odamlarning g’iybati sababli biror kishining ahvolini tekshirish uchun bir ishga qo’l urishiga dalildir.

Agar o’sha pishirilgan narsadan esa g’amu qayg’u tortib, egani miqdoricha rizq-ro’z topishiga dalildir. Qozon ostiga o’t yoqayotganini va qozonda go’sht yoki biror narsa borligini ko’rsa, xona sohiba- siga manfaat keltiradigan biror ishni amalga oshirishiga dalildir.

Biroq o’sha qozonda hech narsa yo’qligini ko’rsa, bu ishdan g’amu anduh etishiga dalildir. Agar yoritish uchun olov yoqqanini ko’rsa, biror ishni hujjat va dalil bilan oshkor qilishiga dalildir. Holva pishirish uchun olov yoqqanini ko’rsa, yaxshi so’z eshitishiga dalolat qiladi.

 

(Visited 8 925 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика