Tushda oy

tushda oy

Tushda oy

Tushda oy  – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, tushdagi oy podshohning vaziridir. Tushida osmondagi oyni olsa yoki uni o’z mulki deb bilsa, vazir bilan dushmanlashuviga dalildir. Tushida oyning o’rnida o’zini ko’rsa, podshoh vaziri bo’lishiga dalildir.

Tushida oyning nurini yig’ib olganini ko’rsa, vazirlik ishida bo’lishiga dalildir. Tushida oyni osmondan olganini, unda nur yo’qligini, biroq qorong’i va xira ham emasligini ko’rsa, g’amlardan shodlikka chiqishini bildiradi. Bordi-yu, qorong’i va xira hamda o’z joyida bo’lmasa, podshoh vaziri qaysidir ishda unga muhtoj bo’lishiga dalildir.

Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi oy podshoh bo’ladi, xususan, agar u to’lin oy bo’lsa. Tushida oyning ikkiga bo’linganini ko’rsa, podshoh vazirining halok bo’lishiga dalildir.

Agar oyning o’zi bilan so’zlashganini ko’rsa, odamlar undan zulmga qarshi yordam berishini so’rab, adolatni qaror topishini iltimos qiladilar. Agar oy u bilan so’zlashsa, ulug’lik topishiga dalildir.

Tushida ikkita oy bir-biri bilan jang qilayotganlarini ko’rsa, ikki podshoh bir-biri bilan urush qilishlariga dalildir. Agar o’sha ikkita oydan birining yiqilganini, par- chalanib ketganini yoki nuqson topganini ko’rsa, o’sha ikkita pod- shohdan bittasining podshohlikdan tushishini bildiradi.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, tushida oyni qo’lida tutganini yoki quchog’iga olganini ko’rsa, xotin olishini bildiradi. Agar oy hilol (to’lmagan) bo’lsa, oladigan xotini aslu nasabi jihatdan o’zidan kam bo’lishiga dalildir.

Agar bu tushni ayol kishi ko’rsa, bo’lajak eri aytilgan sifatda bo’lishiga dalildir. Tushida oyning ravshan va pokiza ekanini va uyga nur sochganini ko’rsa, o’sha uydan xotin olishi va undan foydalar ko’rishiga dalildir.

Tushida oyni nimadir tusib qo’yganini ko’rsa, podshohning vazirga nisbatan o’zgarib qolishiga dalildir. Agar oyning tutilganini ko’rsa, vazirning ahvoli yomon bo’lishi va ishdan ketishiga dalildir.

 

Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, kimdir tushida oyni ko’rsa, o’sha diyor podshohining uyida o’g’il tug’ilishini bildiradi. Agar oy nurining ko’pligini ko’rsa, o’sha farzandining uzoq yashashiga dalildir. Agar oyni to’lin holda ko’rsa, umri o’rtacha bo’lishiga dalildir. Agar oyni nuqsonli holda ko’rsa, podshoh yoki vazir xizmatida mashg’ul bo’lishini bildiradi.

Ismoil Ash’asning aytishicha, tushida oyni qo’li bilan olganini yoki oyning quchog’iga kirganini ko’rsa, dono va olim farzand tug’ilishiga dalildir. Tushda oy Agar bu tushni podshoh yaqinlaridan biri ko’rsa, farzandi podshoh bo’lishiga dalildir.

Tushida oy, quyosh hamda barcha yulduzlarni olganini, barchasi qora va xira ekanini ko’rsa, tush ko’ruvchining halok bo’lishini bildiradi, agar tush ko’ruvchi solih odam bo’lsa, g’amu anduhga tushishi bemor bo’lishiga, oqibat shifo topishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushda oyni ko’rish o’n etti narsaga dalildir: podshohga; vazirga; podshoh yaqinlariga; rahbarga; sharaf va obro’ta; do’stga; kanizakka; g’ulomga; yaramas ishga; hokimga; buzg’unchi olimga; ulug’ boshliqqa; otaga; onaga, farzandga; ulug’likka va xotinga.

(Visited 3 158 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика