Tushda oyoq

TUSHDA OYOQ 1

Tushda oyoq

Tushda oyoq (POY) – Hazrati Doniyol aytadilar: “Kimki bir oyog’i kesilganini yoki singanini ko’rsa,

yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog’ining kesilganini yoki singanini ko’rsa, barcha moli ketishiga yoki o’zining o’lishiga dalil bo’ladi”.

TUSHDA OYOQ

Ta’birchilarning aytishlaricha, agar kishi har ikki oyog’ining kesilganini yoki singanini ko’rsa, safarga chiqishiga dalil bo’ladi.

Qarasaki, oyog’i po’lat yoki misdan emish, umri uzun bo’lishiga dalolat qpladi. Agar oyog’ini shishadan ekanini ko’rsa, umri tez tugashg’ va moli sovrilishiga dalildir, chunki shisha boqiy emas, kuchi kamdir.

 

Oyog’i shol yoki illatli ekanini ko’rsa, holatining sust va zaif bo’lishiga dalildir. Agar yaxshi odam oyog’ining shol bo’lganini ko’rsa, dinining ziyoda bo’lishiga dalolat qiladi.

 

Oyog’ining arqon bilan bog’lab qo’yilganini ko’rsa, biror kishidan unga manfaat etishiga dalil bo’ladi. Oyog’i yo’q bo’lib, hassatayoq bilan ketayotganini ko’rsa, biror kishiga suyanishiga dalil bo’ladi, leqin u kishidan foyda topmaydi.

Podshoh yoki amaldor har ikki oyog’ining kesilganini ko’rsa, amalidan tushishiga dalildir va moli barbod bo’ladi. Qarasa, oyog’i kumush, to’piqlari oltin emish, yuqoridagi dalilning o’zidir. Qarasaki, oyog’i kasalmand emish, unga biror ziyon etishiga dalildir.

Oyog’i ustunga bog’langanini ko’rsa, buning ta’biri tu- zukroq bo’ladi, chunki daraxt erkak kabidir, ustun esa murda kabi. Oyog’i tuzoqqa tushib qolganini yoki biror joyga kirib qolganini ko’rsa, makru hiylaga duchor bo’lishiga dalolat qiladi, og’ir-engilligi esa tuzoqning qattiq, mahkamligiga bog’liq.

 

Oyog’i birorta joyda yoki go’rda toyib ketganini ko’rsa, din va dunyo ishida oqsab qolishi yoki birovning aytgan yomon so’zidan ranjishiga dalildir.

Kirmoniy aytadiki, har ikki oyoq ota va ona hukmidadir. Oyoqda ko’rilgan har qanday zaiflik va nuqson ota-onaga taalluqli bo’ladi. Oyoqlar ko’p ekanligini ko’rsa, safarga ketishiga dalolat qiladi. Bordi-yu, kambag’al bo’lsa, boyga aylanadi.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, oyog’ini tuya yoki sigir oyog’iga o’xshaganini ko’rsa, quvvati va moli ziyoda bo’ladi. Oyog’i xuddi ot yoki eshak oyog’i kabiligini ko’rsa, quvvati va izzati ziyoda bo’lishiga dalolat qiladi.

Oyog’ini darrandalar yoki vahshiy hayvonlar oyog’i kabi ko’rsa, haromdan biror narsa topadi. Oyog’ini qushlar panjasi kabi ko’rsa, kasbu maishatning kuchayishiga dalil bo’ladi, dushman ustidan zafar topadi.

Hazrati Sodiqning aytishlaricha, tushda oyoq ko’rish etti narsaga belgi bo’ladi: maishatga; umrga; harakatga; mol qidirishga; quvvatga; safarga; xotinga.

TUSHDA QON

(Visited 4 446 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
Добавить комментарий
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика