Tushda Oyoq TUSh TАBIRI HАQIDА SIZ BILMАGАN XАYRАTLАNАRLI MАLUMOT

Tushda Oyoq panja, tirnoq va ogʼiz oʼzgarishi

Kimki oʼzida tuyoq, tuyaning panjasiga oʼxshash panja, qush tirnogʼiga

oʼxshash tirnoq va qush tushmugʼiga oʼxshash tumshuq borligini koʼrsa, ular u

uchun quvvatdir.

Oyoq sinishi

Аgar tushida oyogʼi singan boʼlsa-yu, safar qilmoqchi boʼlsa, safarga

chiqmay tursin.

Oyoq chiqishi

Аgar tushda oyogʼi chiqqan boʼlsa, xotini kasal boʼladi.

Oyoq kafti

U tushda farzandlar, deb taʼbir qilinadi.

Oyoq kafti yoʼq boʼlsa

Kim tushida oyogʼining kafti yoʼqligini koʼrsa, undan keyin farzand

qolmaydi.

Oyoq kafti sinsa

Kimki oyoq kafti singanini koʼrsa yoki kesilsa, farzandi vafot qiladi.

Chap oyoq qiz, oʼng oyoq oʼgʼildir.

Oyoq kaftining yaxshiligi

Uning yaxshi boʼlishligi yaxshi amallar va kelajakda koʼrish mumkin

boʼlgan yaxshi narsaga dalolatdir.

Oyoq kaftining qorayishi

Uning qorayishi va holatining oʼzgarishi zalolatu toatdan gunohga

qaytishga dalolatdir.

Oziq tishlarning chiroyi

Oziq tishlarning chiroyli boʼlib qolganligini koʼrish xursandchilik

belgisidir.

Oz narsa

Tushda oldin koʼp boʼlgan narsaning ozayishi harom kasb, ribo va zarar

koʼrishdir.

(Visited 44 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика