Tushda pichoq
Tushda pichoq – Ibn Sirin aytadiki, tushda qo’lida xanjar borligini ko’rsa, birov bilan adovatlashishga dalil bo’ladi. Tushida xanjarining singanini yoki yo’qolib qolganini ko’rsa, adovatlashgan odam bilan o’rtalaridagi xusumat va adovat ko’tarilib, o’rtada sulh yuz berishini bildiradi.
Qo’lida xanjar ushlab turganini tush ko’rsa, boshlagan ishida kimdandir madad topishiga dalildir. Tushida xanjardan tashqari yana boshqa ko’pgina qurollari ham borligyni ko’rsa, dushman ustidan zafar topishi va ishlari tartibga tushishiga dalildir.
XANTAL, XARDAA – Ibn Sirin aytadiki, tushdagi xantal g’am va o’yga dalildir. Agar xantal eganini tush ko’rsa, moliga nuqson etishi yoki ranj va bemor bo’lishiga dalildir.
Jobir Mag’ribiy aytadiki, tushdagi xantal eyish musibat, xusumat va bemorlikka dalildir.
XAROBLIK – Ibn Sirin aytadiki, tushida xaroblikni ko’rsa, g’amu anduh bo’ladi. Xaroblik bu yuqoridan pastga tushmokdir. Agar tushida xaroblikka tushgan bo’lsa, g’amgin bo’lishiga dalildir. Agar tushida xaroblikda g’usl qilayotganini ko’rsa, g’amdan qutulishini bildiradi.
Kirmoniy aytadiki, saroylarda yoki ko’p uylarda xarobalik paydo bo’lsa, o’sha erda g’amu anduh va musibat yuz berishiga dalildir.