Tushda qiyomat
Tushda qiyomat – Ibn Sirin aytadiki, qiyomat bo’lga- nini ko’rsa, Alloh taolo o’sha diyorda adolatni yoyishiga dalildir.
Agar o’sha diyor podshohi zolim bo’lsa, ularga ofat va balo yuborilishini bildiradi, agar mazlum bo’lsa, ularni zolimlar ustidan g’olib kelishiga dalildir. Tushida diyor ahlini Alloh taolo huzurida turganlarini ko’rsa, Alloh taolo ularga o’z g’azabini yuborishiga dalildir.
Tushida qiyomat boshlanganini ko’rsa, mazlumlar zolimlarni engishini bildiradi, agar ular g’amu anduh va qiyinchilikda bo’lsalar, bundan xalos bo’lishlariga dalildir.
Tushida qiyomat belgilaridan bo’lmishi ‘bir belgi paydo bo’lganini, masalan, quyoshning g’arbdan chiqqanini, Ya’juj va Ma’juj yoki Dajjol paydo bo’lganini ko’rsa, ta’biri shuki, tavba qiladi va Alloh taologa qaytadi.
Tushida hisob-kitob qilinadigan joyga borganini ko’rsa, bu g’aflatda qolganlikni nishonidir. Tushida so’roq qilinganini ko’rsa, unga ziyon etishiga dalil. Tushida uning ishlari tarozuda tortilgani va yaxshi ishla- ri ko’p chiqqanini ko’rsa, oqibati yaxshi bo’lishini bildiradi.
Tushida tarozuda tortilganda yomonligi ko’p chiqqanini ko’rsa, joyi Do’zax bo’lishiga dalildir.
Tushida unga nomayi a’moli berilganini va u o’ng qo’ldan olganini ko’rsa, ishlari o’ngdan kelishi, din yo’lida ishlari to’g’ri bo’lishidan umid qilinadi.
Tushida unga nomayi a’molini berganlarini va unga o’qishni buyurganlarini ko’rsa, bu odam hayotda yaxshi kishilardan bo’lsa, ishlari yaxshi bo’lishi, yomon kishilardan bo’lsa, ishi xatarda ekanini bildiradi.
Agar o’zini Sirog ustida ekanini tushida ko’rsa, to’g’ri yo’lda ekaniga dalildir. Sirotdan o’tolmaganini tush ko’rsa, xato yo’lda ekanini bildiradi, u Alloh taolo rozi bo’lishi uchun tavba qilmog’i zarur.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi qiyomat solih kishilar uchun to’rt narsani bildiradi: muvaffaqiyatni; g’amdan qutilishni; dushman ustidan g’alaba qozonishni; iqbol va oqiba- ti saodatli bo’lishni. Yomon odamlar uchun bularning aksi bo’ladi.