Tushda qiz bola

Tushda qiz bola

Tushda qiz bola — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qiz bola farah va shodlikdir. Tushida qiz tug’ilganini yoki kimdir unga qiz bolani berganini yoki baxshida qilganini ko’rsa, qiz bolaning chiroyi va zeboligiga qarab, mol, shodlik, va ne’mat hosil bo’ladi. Tushida qizning o’lib qolganini ko’rsa, ta’biri aksincha bo’ladi.

Kirmoniy aytadiki, tushdagi qiz iflos va nuqsonli bo’lsa, anduhni bildiradi. Tushida qiz bolani ko’tarib, olib ketayotganini ko’rsa, xayru manfaatga dalildir. Tushida o’z qizini birovga berib yuborganini ko’rsa, undan o’sha kishiga shodlik egishiga dalildir. Tushda qiz bola

QIZILChA (SURXChA) – Bilginki, qizilcha molning ziyoda bo’lishidir.

Agar badaniga qizidcha toshganini ko’rsa, qiyinchilik va og’irchilik bilan halol mol hosil qilishiga dalildir. Agar bada- nidagi qizilcha aniq va ravshan qizil bo’lsa, harom mol topishiga dalildir.

QIZIL OLXO’RI (OLUYI SURX) — Ibn Sirinning ayti- shicha, tushdagi qizil va qora olxo’ri, agar u o’z vaqtida bo’lsa molga dalolat qiladi. Sariq olxo’ri esa bemorlikka dalildir.

Agar sariq yoki qora olxo’rini ko’rsa yoki biror kishi unga bersa, agar ta’mi shirin bo’lsa, o’sha olxo’ri mikdoricha mol topadi. Agar sariq olxo’ridan esa va u o’z vaqtida bo’lmasa, qayg’u g’am va musibatu xusumatga dalildir. Agar mazasi nordon bo’lsa, ta’biri yaxshiroq bo’ladi.

QIZIL SIYoH (ShANGRAF) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qizil siyoh g’amu anduh bo’ladi. Agar tushida qizil siyohi borligini ko’rsa, g’amga duchor bo’lishiga dalildir. Agar tushida qizil siyohni ichganini ko’rsa, bemor bo’lishiga dalildir.

Agar tushida qizil siyoh bilan surat chizayotganini ko’rsa, dunyoning botil va behuda narsalariga ko’ngil qo’yganiga da- lildir. Agar qizil siyoh bilan biror narsa yozayotganini va yozayotgani Qur’on, duo yoki tavhid ekanini ko’rsa, yaxshilik bo’ladi, buning aksi bo’lsa, zarardir.

(Visited 1 808 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика