Tushda qor

tushda qor TUSHDA

Tushda qor

Tushda qor  – Ibn Sirinning aytishicha, tushda qor ko’rish g’amu anduh va azob bo’ladi, oz bo’lsa, bunday emas. Qishda qor ko’rsa, yoki doimo qor bo’ladigan joyda qor ko’rsa, o’sha mavze ahliga anduh etishiga dalildir.

tushda qor2

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, tushda qor ko’rish, ayniqsa, chaqmoq ham bo’lsa, lashkar engilishiga dalil bo’ladi.

Hazrati Sodiqning iltifot etishlaricha, tushda qor ko’rish olti narsaga dalildir: rizqqa; tirikchilikka; ko’p molga; ko’p lashkarga; kasallikka; g’amu anduhga.

Yozda qor to’playotganini ko’rsa, halol mol to’plashiga dalildir.

QISh

– Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qish podshohni bildiradi. Tushida qish bo’lganini va odamlar qishdan zarar tortayotganini ko’rsa, o’sha diyor odamlariga pod- shohdan ziyon etishiga dalildir.

 

Agar havoning qattiq sovutanini, biroq sovuq odamlarga ziyon etkizmayotganini ko’rsa, o’sha diyor ahliga podshohdan yaxshilik va foyda etishiga dalildir. Qishni o’z vaqtida ko’rish yaxshirokdir.

Kirmoniyning aytishicha, qishni o’z vaqtida, qattiq sovuq bo’lmagan holda ko’rish maqsadga erishish, izzat va obro’sining ziyoda bo’lishi, xaloyiqqa podshoxdan yordam va quvvat etishi, adolat va insofning ziyoda bo’lishiga dalildir.

QISHLOQ   – Ibn Sirinning aytishicha, tushida bir qishlokda bo’lganini, ammo qishloq nomini bilmaganini ko’rsa, yaxshilikka dalildir, bordi-yu qishloq nomini bilsa, yomonlikka dalil bo’ladi. Tushida qishlokdan chiqib ketganini ko’rsa, yaxshilikni bildiradi. Tushida qishloqqa borganini ko’rsa, yomonlikka dalil bo’ladi.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, tushida shahardan obodon bir qishloqqa borganini, u erda ne’matlar ko’pligini ko’rsa, xayru barakot, izzatu iqbolni bildiradi, buning aksini ko’rsa, yomonlik va e’tiqodsizlikni bildiradi. Tushida qandaydir qishlokda yo’qolib qolganini ko’rsa, yaxshilikka dalil bo’ladi.

tushda qor3

Jobir Mag’ribiy aytadiki, tushida kimdir unga notanish bir qoshloqni berganini yoki o’zi sotib olib, imorat qilganini ko’rsa, imoratining hamda qishloqning mikdoriga qarab xayru manfaat topishini bildiradi, buning aksini ko’rsa, zararga dalildir.

QOLIP   — Ibn Sirinning aytishicha, tushida kovush va etik qolipini ko’rsa, xizmatkorga ega bo’lishiga dalil- dir. Tushida qolipini yo’qotib qo’yganini ko’rsa, xizmatkoridan judo bo’lishiga dalildir. Agar tushida qolipi ko’p ekanini ko’rsa, xizmatkorlardan, xususan, tush ko’ruvchi etikdo’z yoki kovushdo’z bo’lsa, foyda topishiga dalildir.

(Visited 5 305 times, 2 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика