Tushda qovun

tushda qovun

Tushda qovun

Tushda qovun – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qovun bemorlikni bildiradi. Shirin qovun manfaat va xotirjamlikni bildiradi, bordi-yu o’z vaqtida ko’rilgan bo’lsa. Kichik qovun katta qovunga nisbatan yaxshirokdir.

Kirmoniy aytadiki, tushdagi yashil qovun g’amu anduhning yo’q bo’lishiga dalildir. Agar tushida oldiga ko’p qovunlar qo’yilganini ko’rsa, qayg’u g’amga giriftor bo’lishiga dalildir. Agar tushida qovunni o’z vaqtida ko’rsa, ko’p manfaatli, xush ayshli ayolga dalolat qiladi.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushdagi qovun besh narsaga dalildir: bemorlikka; xotinga; qulga; foydaga; xush ayshgaki, xususan qovun shirin bo’lsa.

QOVURILGAN GO’ShT  — Ibn Sirinning aytishicha, biryon tushda o’z egasini va rizqning kengligini bildiradi. Pishirilgan go’sht ta’birda xom go’shtdan yaxshirokdir.

Kirmoniy aytadiki, qo’y go’shtidan qilingan biryonni eyayot- gan bo’lsa, eganiga muvofiq molni ranju mashaqqat bilan topishiga dalildir.

Mol go’shtidan qilingan biryonni eyayotgan bo’lsa, qo’rquv va xavfdan omon bo’lishini bildiradi. Agar qo’zichoqning biryonini eyayotgan bo’lsa, ozgina mol topishiga dalil. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushda qo’zichoqning pishgan go’shtini eyish, o’g’il tug’ilishini bildiradi.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, agar boshdan qilingan biryonni eyayotganini ko’rsa, bir ulug’ odamdan yaxshilik topishini bildiradi. Agar tovuq biryonini eyayotganini ko’rsa, xotin uchun makru hiyla bilan biror molni qo’lga kiritishiga dalildir.

Agar baliq biryonini iste’mol qilayotganini ko’rsa, safarga borishi, talabi ilm bilan biror ulug’ kishining suhbatiga etishishini bildiradi. Agar tush ko’ruvchi yaxshi odam bo’lsa, yuqori- dagi ta’bir yuz beradi, bordi-yu yomon odam bo’lsa, ranju g’am ko’rishiga dalildir.

Agar baliq biryoni yangi bo’lsa, sho’r baliqdan ko’ra yaxshiroq bo’ladi. Katta baliq kichik balikdan yaxshirokdir. Tushdagi biryonfurush o’zgalarning rizqini faro- von qiladigan kishidir.

(Visited 9 808 times, 3 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика