Tushda qo`y

tushda qo`y

Tushda qo`y

Tushda qoy   – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qo’y harbiy o’ljani bildiradi.

Tushida qoy larni o’tlatib yurganini ko’rsa, bir guruh ustidan ulug’lik va rahbarlik topishiga dalildir.

Qo’ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko’rsa, o’sha guruhning ba’zisi arab, ba’zisi ajam ekaniga dalildir.

 

Tushida ko’p qo’ylarning yig’ilganini va ular o’zining mulki ekanini ko’rsa, ko’p boylik topishiga dalildir. Tushida elkasiga qo’y ko’targanini ko’rsa, birovning omonatini gardaniga olishiga dalildir. Tushida pishirilgan qo’y go’shtidan eganini ko’rsa harbiy o’ljaga ega bo’lishini bildiradi.

Qovurilgan qo’y go’shtidan eganini ko’rsa, g’amu anduhga dalil bo’ladi. Tushida eyish uchun qo’y so’yganini ko’rsa, dushmanni engishini va moli- dan eyishini bildiradi.

Kirmoniyning aytishicha, tushida qo’chqor qo’yi topganini yoki birov berganini ko’rsa, ulug’ bir odam bilan suhbatdosh bo’lishi va unda ulug’lik va boylik topishiga dalildir.

tushda qo`y 1

Tushida qo’chqorning bo’g’izlanganini va qo’yib yuborganini ko’rsa, bir ulug’ odam ustidan zafar qozonishi, molini tortib olishi va xarj qilishiga dalildir.

 

Tushida qo’chqorning yungi uzun ekanini ko’rsa, molu davlatning ziyoda bo’lishini bildiradi.

Tushida qo’chqorning yungi ko’pligini va bu yunglar o’ziniki ekanini ko’rsa, uning mikdoriga qarab odamlarga farmon berishiga, ular o’zining qo’l ostida bo’lishlariga, ulardan ko’pgina molu davlat topishiga dalildir.

QO’ChQOR (MISh) – Tushida qo’chqor qo’yga minib olganini ko’rsa va u itoatkor bo’lsa, ulug’ va farmonbardor kishi bo’li- shiga dalildir. Tushida sovliq qo’y jang qilganini va qo’chqor uni engganini ko’rsa, dushman uning ustidan g’olib bo’lishiga dalildir.

 

Tushida qo’chqorning shoxlari katta va kuchli bo’lib qolganini ko’rsa, o’sha kishi kuchli va qudratli bo’lishiga dalildir. Tushida qo’chqor topib olganini yoki birov unga berganini ko’rsa, bir ulug’ odamdan molu ne’mat ko’rishiga dalildir.

 

Tushida qo’chqorning terisini shilib olganini va go’shtini aj- ratganini ko’rsa, biror kishi g’olib kelishi va uning molini tortib olishiga dalildir. Tushida qo’chqorni so’yilishdan ozod qilib yuborganini ko’rsa, g’amdan qutishiga dalildir.

QO’ZIChOQ (BARRA) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qo’zichoq xoh erkak bo’lsin, xoh urg’ochi bo’lsin, farzandni bildiradi. Agar qo’zichoqqa ega bo’lganini ko’rsa yoki kimdir unga berganini ko’rsa, farzand tug’ilishini bildiradi.

(Visited 12 139 times, 7 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика