Tushda Quron

tushda quron TUSHDA

Tushda Quron

Tushda Quron – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi Qur’on ilm va hikmatni bildiradi.

Tushida Qur’on sotib olganini ko’rsa, tolibi ilm va donishmand bo’lishiga dalildir. Tushida Qur’onni olovda yoqib yuborganini qursa, dinining buzilishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, tushida Qur’onni ochib, ko’zu yuziga surtganini ko’rsa, xar qanday ish qilsa, Qur’onga muvofiq qilishiga hamda shahar hokimi bo’lishiga dalildir.

Tushida Qur’on u bilan so’zlashsa, so’zi yax shi bo’lsa, yaxshilikka, yomon bo’lsa, yomonlikka dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi Qur’on besh narsaga dalildir: ilmu hikmatga; merosga; omonatga; halol rizqqa; din va diyonatga.

QUR’ON O’QISh (QUR’ON XONDAN) – Tushda Qur’on o’qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o’qiganini ko’rsa, Haq taolodan bashorat bo’lib, tush ko’ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq taolo shukrini joyiga qo’yishi kerak.

Agar tushida azob oyatini o’qiyotganini ko’rsa, Alloh taoloning g’azabida bo’li- shiga dalildir, tavba qilish va Haq taolo yo’liga qaytish lozim. Agar qissa va misollar haqidagi oyatlarini o’qiganini ko’rsa, ma’siyatga yo’l qo’yishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, tushida Qur’onning yarmini o’qiganini ko’rsa, umrining yarmi o’tganiga dalildir. Agar tushida hofizi Qur’on (qori) bo’lganini ko’rsa, omonatni saqlovchi bo’lishiga dalildir. Agar tushida o’qilayotgan Qur’on ovozini eshitganini ko’rsa, din yo’lidagi ishlari yaxshi bo’lishiga dalildir.

Mag’ribiyning aytishicha, Qur’onni to’liq o’qib chiqqanini ko’rsa, murod topishiga, ba’zi ta’birchilar bo’yicha, umri oxiriga etganiga dalildir.

Agar Qur’onyy baland ovozda o’qiyotganini ko’rsa, ishlari yuqorilashi va odamlar orasida mashhur bo’lishiga dalildir. Agar tushida qaysi oyatni o’qiganini yodida qolgan bo’lsa, shu oyat tafsiri ta’bir bo’ladi.

Ismoil Ash’asning aytishiya, tushida Qur’onning to’rtdan birini o’qiganini ko’rsa, ishlari yaxshi bo’lishiga dalildir. Agar tushida «A’rof» surasidan to «Maryam» surasigacha o’qiganini ko’rsa, odamlar orasida mashhur bo’lishiga dalildir.

Agar «Zumar» surasidan to «Nos» surasigacha o’qiganini ko’rsa, barcha hojatlari yuzaga chiqishiga dalildir. Agar uch pora Qur’onni to’liq o’qiganini ko’rsa, yil va oylar unga muborak bo’lishiga dalildir.

Agar haftiyakni to’liq o’qiganini ko’rsa, g’am va anduhdan qutilishiga dalildir. Agar Qur’on o’qishni bilmasada, biroq tushida Qur’on o’qiyotganin ko’rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalildir.

Agar tushida yalang’och holda Qur’on o’qiyotganini ko’rsa, e’tiqodiga nuqson etganiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushda Qur’on o’qish to’rt narsani bildiradi: ofatlardan salomat bo’lishini; kambag’allikdan so’ng boy bo’lishni; dildagi murod va maqsadiga etishni; ogohlik va parhezgarlikni buyurish.

(Visited 29 180 times, 7 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика