Tushda qush
Tushda qush – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi qush qan- chalik katta bo’lsa, izlagan ishdagi himmati shuncha ulug’roq bo’ladi. Tushida ko’pincha qushlar bir erga to’planib, qiychuv qilayotganini ko’rsa, o’sha joydagi odamlarga g’am va musibat etishiga dalildir. Agar qush tuxumini topganini ko’rsa, oilasida farzand tug’ilishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, tushida qush o’zi bilan so’zlashganini ko’rsa, ishlari yuqori darajaga ko’tarilishini bildiradi. Agar qush o’zining qo’lida o’lib qolganini ko’rsa, gamgin bo’lishini bildiradi.
Agar qushning orqasiga yuk qo’yganini ko’rsa, o’sha qush kimga mansub bo’lsa, o’sha odamga ziyon etishiga dalildir. Agar qush uning badanidan bir parcha go’shtni uzib olganini ko’rsa, molini zo’rlik bilan tortib olishlariga dalildir.
Agar o’z badanidan bir parcha go’shtni uzib, qushning oldiga tashlaganini ko’rsa, o’z molidan birovga nimadir berishiga dalildir. Agar tushida bir qush go’shtli bir suyakni uning oldiga keltirib tashlaganini ko’rsa, mol topishiga dalildir.
Ismoil Ash’asning aytishicha, tushda har xil qushlar bir shaharga to’planganlarini ko’rsa, begona lashkar shu erga kirishiga dalildir. Agar qush uning ko’zlarini o’yib olganini ko’rsa, uning diniga kimdandir nuqson etishiga dalildir.