Tushda quyosh

tushda quyosh TUSHDA

Tushda quyosh

Tushda quyosh – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug’ xalifa bo’ladi.

Quyoshning osmondan olayotganini ko’rsa, podshohlik va ulug’lik topadi yoki podshoh- ning do’sti yoki yaqiniga aylanadi.

Agar quyoshga aylanib qolganini ko’rsa, podshoh bo’lishiga dalildir, biroq uning ravshanlik miqdoriga bog’liq, podshohlikka loyiq bo’lmasa, demak o’z qadru martabasi doirasida ulug’lik va shon-shavkatga etishadi.

Quyosh bilan jang qilayotganini ko’rsa, podshoh u bilan urush va janjal qiladi. Quyosh o’rniga oy joylashib olganini ko’rsa, podshoh bo’lishi, mamlakat uning qo’lida qaror topishiga dalil bo’ladi. Quyosh nurini yig’ib olsa, ulug’ podshoh mulkini oladi.

Quyoshni tutib olsa, biroq osmonda bo’lmasa, nur va ravshanlik bo’lmasa, biroq qora va xira ham bo’lmasa, demak g’amlardan ozod bo’lishiga dalolat qiladi. Quyoshni xira va benur ko’rsa, yana u o’z joyida ham bo’lmasa, podshoh ishlarda unga muhtoj bo’ladi.

 

 

Tushda quyosh Agar Quyosh yo Oyga sajda qilayotganini ko’rsa, unda gunoh yoki xato sodir bo’ladi. Quyosh, Oy va boshqa yulduzlarning bir erga to’planganini va ularning nurini olganini ko’rsa, jumla jahon podshohligini olishiga yoki jumla jahon podshohlari unga mute bo’lishiga dalildir.

Agar Quyosh, Oy va barcha yulduzlarni olganini, biroq ular nursiz va xira ekanini ko’rsa, tush ko’ruvchining xalok bo’lishiga (xususan, u zolim va sitamgar bo’lsa) dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, Quyosh o’rtasida qora dog’ ko’rsa, podshohning mulk uchun dili mashg’ul ekaniga dalildir.

Agar ikkita quyosh o’zaro jang qilayotganini ko’rsa, ikki podshoh orasiga jang va xusumat tushishiga dalildir. Quyoshning erga tushganini va unda nur yo’qligini ko’rsa, o’sha diyor podshohi ishdan ketadi va mamlakatdan bebahra qoladi.

Quyoshni qo’lida tutib turganini va u qora ekanini ko’rsa, podshohga katta g’am etadi va bu g’amdan unga ham tegadi. Quyoshning birorta teshikka kirib, ko’zga ko’rinmay ketganini ko’rsa, podshohning bu dunyodan ketishiga va ommai xalqqa esa g’am etishiga dalildir.

Agar bulut Quyosh va yulduzlarni to’sib qo’yganini ko’rsa, podshoh va uning lashkari dushmandan zarba eyishiga dalildir. Quyoshga topinayotganini ko’rsa, ulug’ podshohga yaqin bo’lishiga dalolat qiladi.

Tushda quyosh Ismoil Ash’as aytadi: «Birov falakka minsa, avval yuzini Quyoshga qaratib, so’ng undan yuz o’girsa, u avval kofir bo’lib, so’ng musulmonga aylanadi, oqibat kofir bo’ladi. Quyosh bilan gaplashganini ko’rsa, podshohdan ulug’lik, shavkatlilik va hashamat topadi».

Hazrati Sodiqning aytishlaricha, Quyoshni ko’rish sakkiz narsaga dalolat qiladi: xalifaga; ulug’ sultonga; raisga; ulug’ amaldorga; podshoh adolatiga; xalq manfaatiga; erkak uchun xotinga, xotin uchun erkakka; yaxshi va soz ishga.

Yana uning aytishicha, kimki Quyoshga sajda qilsa, sulton uni ardoqlashiga, o’ziga yaqin qilishiga, ishlari yuqorilashiga dadil bo’ladi.

(Visited 2 298 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика