Tushda shakar

tushda shakar

Tushda shakar

Tushda shakar – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi bir pora shakar shirin so’z yoki farzand, aka-uka va do’stga hadya qilingan bo’sadir. Agar shakar ko’p bo’lsa, mol va halol rizqqa dalildir.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, ko’p shakar yoqimsizlikdir, uni sotish yaxshi bo’ladi. Biroq shakarni topish yoki sotib olish yomondir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi shakar besh narsani bildiradi: yoqimli so’zni; bo’sani; foydani; farzandni; molni.

ShAKARQAMISh (NAYShAKAR) – Ibn Sirinning aytishicha, tushida shakarqamishni so’rayotganini ko’rsa, so’rgani miq- dorida gaplar va xusumatlar paydo bo’ladigan bir ishi amalga oshirishiga dalildir. Tushida birovga shakarqamish berganini ko’rsa, so’zlardan omon bo’lishiga dalildir.

ShALVOR, ShIM, IShTON (ShALVOR) – Tushdagi shalvor ajamlik ayol yoki pasthimmat ayolni bildiradi. Agar tushida shalvor sotib olganini ko’rsa, ajamlik kanizak sotib olishiga dalildir. Agar shalvori ichida ilon yoki chayon borligini ko’rsa, dushmani uning ayoli bilan buzuqchilik qilishiga dalil- dir. Agar tushida unga shalvor sovg’a qilganlarini ko’rsa, unga

 

xodim in’om qilishlariga dalildir. Agar tushida kir shalvori borligini ko’rsa, bu azobni bildiradi. Agar erkak kishi qizil shalvori borligini ko’rsa, behurmat bo’lishiga dalildir. Agar sariq bo’lsa, bemor bo’ladi. Rangin shalvor ayollar uchun yaxshi bo’ladi. Agar shalvoryni yo’qotib qo’yganini ko’rsa, kanizagi yoki xodim qochishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi shalvor uch narsani bildiradi: xotinni; kanizakni; xizmatkorni.

(Visited 1 604 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика