Tushda shamol
Tushda shamol – Ibn Sirin aytadi: «Kimki qattiq shamol ko’tarilganini ko’rsa, o’sha diyor odamlariga g’am va qo’rqinch bo’lishiga dalildir.
Shamol juda qattiq bo’lganini va daraxtlarni egib yuborayotganini ko’rsa, o’sha diyor ahliga o’lat va qizamikdan balo va ofat etishiga dalildir».
Tushda shamol Kirmoniyning aytishicha, tushda garmsel shamoli sovuq kasalliklarga dalolat qiladi va sovuqlikda o’rtacha bo’lgan shamolni ko’rsa, o’sha diyorda yuz beradigan tashvishli kasalliklarga dalil bo’ladi.
Tushda shamol Mo’’tadil shamol o’sha diyor ahli uchun tandurustlikka, yaxshiliklarga yuz berishiga, o’sha diyordagi kasbu hunarga dalolat qiladi.
Tushda shamol uni bir joydan ikkinchi joyga uchirib ketganini ko’rsa, uzoq safarga chiqishiga dalil bo’ladi va bu safarda izzat va ulug’lik topadi, bordi-yu shamol uni yana erga qaytarib tushirgan bo’lsa. Shamol chang va to’zon bilan birga ekanini ko’rsa, o’sha er qavmiga vahima, qo’rqinch va andisha yuz berishiga dalildir.
Jobir Mag’ribiyning aytishicha, qattiq shamol uni osmon- ga uchirib ketganini ko’rsa, uning ajali yaqin ekaniga dalolat qiladi. Shamol uni osmondan yana erga tushirganini ko’rsa, kasal bo’lishi va oqibatda yana shifo topishiga dalildir.
Hazrati Sodiqning marhamat qilishlaricha, tushda shamolni ko’rish to’qqiz narsaga belgi bo’ladi: bashoratga; farmoni o’tishiga; molga; o’limga; azobga; o’ldirishga; kasallikka; shifoga; rohatga. Agar shamol ustiga o’tirganini ko’rsa, ulug’lik va farmonbardorlikka dalil bo’ladi.
Ismoil Ash’as aytadi: “Mag’rib shamoli muloyim esayotganini ko’rsa, o’sha diyor odamlari uchun molu ne’mat ko’p bo’lishiga dalil, shimol shamoli muloyim esayotganini ko’rsa, o’sha diyor uchun shifo va rohat bo’ladi, buning aksi bo’lsa, yaxshilik bo’lmaydi.
Tushda shamol ovozini eshitayotganini ko’rsa, ulug’ podshohning xabari o’sha diyorga tarqaladi. Shamol o’sha diyor odamlarini uchirib, havoga olib chiqganini ko’rsa, o’sha diyor xalqi sharaf va obro’ topishiga dalildir.
ShARBAT (RUBB) – Ibn Sirin aytadiki, tushdagi sharbat- lar xushta’m va xushbo’y bo’lsa, xayru barakotga dalil bo’ladi. Aksi bo’lsa, zarar, ranj va anduh bo’ladi. Tushda sharbat tay- yorlamoq agar shirin bo’lsa, xayrli ish va manfaatni bildi- radi, nordon bo’lsa, ta’biri buning aksidir.