Tushda suv

tushda suv

Tushda suv

Tushda suv – Ibn Sirrinning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga o’xshashlar ustida yurib ketayotganini ko’rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo’lishiga dalildir.

Agar toza va shirin suvdan to’yib-to’yib ichganini ko’rsa, umri uzun va maishati xush bo’lishiga dalolat qiladi. Agar loyqa yoki sho’r suv ichayotganini ko’rsa, ta’biri buning aksidir. Daryodan toza suv ichayotganini ko’rsa, ichgan suvi mikdoriga qarab podshox,g’an molu ne’mat topadi.

Agar daryo suvining hammasini ichib yuborganini ko’rsa, butun jahon podshohligini topadi. Ba’zilarning aytishicha, suv toza va sof bo’lsa, ichgan suvi miqdoricha mol va ne’mat hosil bo’ladi, bordi-yu, loyqa va xira bo’lsa, topadigan narsasi ranj, mashaqqat va qo’rqinch bilan qo’lga kiradi.

Kirmoniyning aytishicha, issiq suv ichayotgan bo’lsa, bemor bo’lishi va mashaqqat tortishiga dalil bo’ladi. Uning ustiga qaynoq suv qo’yib yuborsalar va u bundan bexabar bo’lsa, bemor bo’lishi yoki qattiq g’am tortishiga dalildir.

Suvga yiqilib tushganini ko’rsa, ranju g’amga giriftor bo’ladi. Agar qadahda suv olganini ko’rsa, boylik va hayot zavqiga maftun bo’lishiga dalildir. Agar shisha idishda xotiniga suv berayotganini ko’rsa, bunda shisha idishni ayolga nisbat beradilar, shisha idishdagi suv esa ona qornidagi farzand va bolaga nisbatdir.

Agar kosa sinib, suv to’kilib ketganini ko’rsa, xotini o’lib, bolasi tirik qolishiga dalildir. Agar suv to’kilib, kosa butun qolsa.unda bolasi o’lib, xotini tirik qolishiga dalolat qiladi. Odamlarga tekinga suv ulashayotganini ko’rsa, bu dunyo va oxiratda uning yaxshiligi odamlarga etadi va xarob joyni obod qiladi.

Ichiga suv kirgan xonaga kirganini ko’rsa g’amgin bo’lishi va xayolga cho’milishiga dalildir. Piyoladan xuddi itga o’xshab suv ichayotganini ko’rsa, hayotni ayshu ishrat bilan o’tkazadi, biroq balo va fitnaga sabab bo’ladigan bir ish qiladiki, natijada to’plangan mol-mulkini oz-ozdan odamlarga beradi va yaxshilik yo’liga xarj qiladi.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, suvning o’z muddatida ko’payganini ko’rsa, yil yaxshi keladi, ne’mat ko’p bo’ladi. Erni sug’oriyotgan va erga kirib ketayotgan ko’p suvni ko’rsa, oddiy xalqning salomat va tinch bo’lishiga dalildir.

Agar suv odamlar boshidan oshib kelayotganini ko’rsa, o’sha diyorda yil keng va farovonlik bo’ladi. Agar uyida toza suvni ko’rsa, ne’mat va xurramlik topa- di. Uyida loyqa suv turganini ko’rsa, ta’biri aksincha bo’ladi.

 

(Visited 413 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика