Tushda uchish
Tushda uchish – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, tushida qushlarga o’xshab bir joydan ikkinchi joyga uchsa, uchishning balandligiga muvofiq safarga ketishini bildiradi. Erdan baland uchish e’tibor va sharaf topishini bildiradi.
Agar to’g’ridan-to’g’ri osmonga uchib ketganini ko’rsa, zarar etishiga dalildir. Agar uzoq uchib, osmonga etib borganini, osmonda ko’rinmay ketganini va erga qaytib kelmaganini ko’rsa, tez orada dunyodan ketishini bildiradi.
Muhammad ibn Sirinning aytishicha, agar kishi qibla tomondan uchib, yana o’z joyiga kelib tushganini ko’rsa, safardan tez qaytishiga va bu safardan ko’p manfaatlar topishiga, xususan, o’zida qanotlar borligini ko’rsa, foydaga dalil bo’ladi.
Agar beqanot uchayotganini ko’rsa, ahvolidan o’zgarish bo’lishiga dalildir. Agar o’z tomidan boshqa tomga uchganini ko’rsa, o’z xotinini taloq qilib, boshqa xotin olishi yoki kanizak sotib olishiga dalildir. *
Kirmoniyning aytishicha, osmon tomonga uchayotganini ko’rsa, Xaj qilishini bildiradi. Agar o’z saroyidan noma’lum saroy tomonga uchganini ko’rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi, tavba qilmog’i lozim.
Uchar qanotlari borligini ko’rsa, lekin qanotlari qushlarning qanotlariga o’xshamasa, bemor bo’lishi, xalokatga yaqin qolishi, oqibatda tuzalishiga dalil bo’ladi. Agar bir joydan ikkinchi joyga uchib ketayotganini ko’rsa, yaqinga safar qilishini bildiradi.
Ja’far Sodiq aytadiki, tushda uchmoq besh narsani bildiradi: safarni; Hajni; ulug’likni; ahvoli o’zgarishini; bemorlik va o’limni. (Alloh o’zi asrasin).