Tushda un

tushda un

Tushda un

Tushda un   – Un qiyinchiliksiz qo’lga kiradigan molu ne’matga dalil bo’ladi. Hazrati Doniyol aytadi; «Unni qor kabi havodan yog’ayotganini ko’rsa, halol molu ne’mat umid qilmagan joyidan o’sha kishi uchun hosil bo’ladi».

Ibn Sirin aytadi: «Arpa uni dinning sozligiga dalil, bug’doy uni tijoratdan keladigan foydali mol, qo’noq uni ozgina mol bo’ladi».

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, unfurush dinini dunyo uchun sotuvchi kishiga dalidir.

URUG’ – Kirmoniy aytadiki, tushdagi urug’lar, agar nordon, achchiq va noxush bo’lsa, bularning hammasi g’am va andishaga dalolat qiladi. Biroq ta’mi shirin va yoqimli bo’lsa, ozgina foydaga dalildir.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, tushda urug’larni ko’rmoq va emoq yaxshilikka dalil bo’ladi. Bordi-yu chirigan yoki qurt egan bo’lsa, buning aksidir.

URUG’ ekmoq – Ibn Sirin aytishicha, har kim tushida urug’ sepganini va yana qaytib, urug’ yig’ib olganini ko’rsa, sharaf va ulug’lik topishiga dalil bo’ladi. Agar urug’ sepgan eridan hosil olib eyayotganini ko’rsa, dalili yuqoridagidan ham yaxshiroq bo’ladi. Agar sepgan eridan hech narsa hosil bo’lmaganini ko’rsa, g’amu anduhga dalil bo’ladi.

Kirmoniy aytadiki, bug’doy sepayotganini ko’rsa, xayriyat va yaxshilik etishini bildiradi. Agar arpa sepganini ko’rsa,

 

qo’lida mol to’planishiga dalildir. Agar tariq ekayotganini ko’rsa, ozgina mol topishiga dalildir. Agar yasmiq, boqila, loviya va shunga o’xshashlarni ekkanini ko’rsa, g’amu anduh eti- shiga dalildir.

Hazrati Doniyolning aytishlaricha, agar o’z erida urug’ ekkanini ko’rsa, xotin olishi va ishlarining yaxshilanishiga dalil bo’ladi.

Agar o’zining ekin ekadigan joyini ekin ekilmagan holda ko’rsa, u bilan boshqa bir odamning orasiga xusumat tushishga dalil bo’ladi. Agar notanish bir erga urug’ ekkanini ko’rsa, g’azo qiladi, g’azo unga oson ko’chadi va yaxshilikdan topadi.

Agar o’z eriga ekin ekayotganini ko’rsa, uning uchun molu ne’mat hosil bo’lishiga dalildir. Agar bug’doy yoki daraxtni o’z eriga ekayotganini ko’rsa, ekkan narsasining miqdoriga qarab, izzat va obro’si ziyoda bo’ladi.

(Visited 14 395 times, 4 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика