Tushda uy
Tushda uy – Ibn Sirin aytadiki, tushdagi uy erkak kishi uchun xotin bo’ladi. Agar tushida uyning ustunlari bilan ko’targanini ko’rsa, muruvvatli va karamli ayolga uylanishi mumkin. Agar tushida yangi uyga kirganini ko’rsa, boyvachcha xotin olib, o’zi ham boy bo’lib ketishini bildiradi.
Agar xonani ohak bilan oqlanganini, lekin bu xona kimniki ekanligini bilmasa, bu xonaning sohibi dunyodan ketishiga dalildir.
Agar tushida bir uyga qochib kirganini va bu xona boshqa xonalarga ulanib ketganligini ko’rsa, ranju g’amdan qutulishini, agar bemor bo’lsa shifo topishini bildiradi.
Agar tushida uyining eshigi sinib ketganligini ko’rsa, mol sarflashiga dalil bo’ladi. Agar tushida uyi odatdagidan kattaroq bo’lib qolganligini ko’rsa, molu ne’mati farovon bo’lishiga dalildir, bordi-yu, buning aksini ko’rsa, molu ne’mati kam bo’lishiga dalildir.
Kirmoniy aytadiki, tushida uyining yiqilganini yoki devori qulab ketganini ko’rsa, ko’p mol topishiga dalildir.
Agar tushida uyining sababsiz xarob bo’lganligini ko’rsa, pulu mol topishiga dalildir. Agar tushida uyi po’latdan ekanligini ko’rsa, boy bo’lishini bildiradi. Agar tushida uyi kumushdan ekanini ko’rsa, tavba qilishi zarurdir.
Agar tush ko’ruvchi boy bo’lsa, ne’mati yanada ziyoda bo’ladi. Agar tushida uyining atrofida boshqa hech qanday uy yo’qligini ko’rsa, ahvoli yomon bo’lishiga dalildir.