Tushda uzum

tushda uzum

Tushda uzum

Tushda uzum – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, qora uzumni o’z vaqtida eyish g’amu qayg’u bo’ladi, bevaqt esa, vahima va qo’rqinchdir. Ta’birchilarning aytishlaricha, egan har bir donasi barobarida tayoq yoki qamchi eydi.

Oq uzumni o’z vaqtida esa, umid qilmagan tomondan etadigan yaxshilik va dunyo bo’ladi. Bevaqt eyilgan bo’lsa, tush egasining og’zidan chiqadigan suv bo’lib, u molning ketishiga dalolat qiladi. Qizil uzum ham shunday dalilga ega.

Ibn Sirinning aytishicha, oq uzum o’z vaqtida eyilsa, ozgina foydaga dalil bo’ladi. Terisi qalin bo’lgan har qanday uzum qiyinchilik bilan qo’lga kiradigan mol bo’ladi. Terisi yupqa uzum halol molga dalil bo’ladi. Suvi xira uzum harom molga dalildir.

Ko’rinishi qizil uzum izzat va obro’ga, qora ko’rinishga ega uzum esa, g’amu anduhga dalil bo’ladi.

Shirin va toza bo’lgan har qanday uzum dunyo va sharafga dalil bo’ladi, izAti oshadi. Agar jomda uzum ezayotganini ko’rsa, bir ulug’ ayolning xizmatini qilishiga, kosada uzum ezayotganini ko’rsa, bir xasis odayning.-xizmatini qilishiga dalildir.

Uzum ezayotganini va shirasini xumlarga joylayotganini ko’rsa, podshoh orqali ko’p molu dunyo topishiga dalildir. Agar uzumni ahlu ayoli bilan shira siqadigan idishda ezayotganini ko’rsa, unga va ayoliga podshoh xizmatidan manfaat etadi.

Hazrati Sodiqning marhamat qilishlaricha, qora va oq uzum o’z vaqtida va bevaqt eyilsa uch narsani bildiradi: yaxshi farzandni; faroyiz ilmini; halol molni.

(Visited 3 803 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика