Tushda xamir

tushda hamir

Tushda xamir

Tushda xamir Tushda xamir – Ibn Sirin aytadiki, undan xamir qormoq dinning durust bo’lishini bildiradi. Tushda bug’doy unidan xamir qorayotganini ko’rsa, tijoratdan mol hosil bo’lishini bildiradi.

Oshgan xamir yaxshilikka dalolat qilmaydi. Tushda tariq unidan xamir qormoq arzimas foydani bildiradi.

Kirmoniy aytadiki, tushida xamir topsa yoki sotib olsa yoki kimdir unga bersa, agar bu xamir arpa unidan bo’lsa, dindorligi va solihligiga dalildir, bordi-yu bo’g’doy unidan qilingan bo’lsa, uning miqdoricha tijoratdan hosil bo’ladigan molga, agar tariq unidan qilingan bo’lsa, ozgina molga dalolat qiladi.

Ja’far Sodiq aytadiki, tushdagi xamir uch narsaga dalildir: din borasida ziyodalikka; foydaga; halol molga.

XANDON PISTA (FISTAQ) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi pista mol va da’vlatdir. Agar tushida pista mag’ziga egaligini ko’rsa, baxillik bilan mol topishiga dalildir.

XALAT (JO’BBA) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi xalat xotin bo’ladi. Agar tushida keng va toza xalati borligini ko’rsa, xotini aqlli va odobli bo’lishiga dalildir. Agar uning aksini ko’rsa, xotini badfe’l va itoatsiz bo’lishiga dalildir.

Agar xalatning yirtilganini yoki kuyganini ko’rsa, er bilan xotin orasida judolik tushishiga dalil bo’ladi.

Ja’far Sodiq aytadiki, agar xalatni qishda kiyib olganini ko’rsa, yaxshiroq bo’ladi va u to’rt narsani bildiradi: xotinni; quvvatni; shodlikni; foydani.

Eski va kir xalat g’amu anduh bo’ladi.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, yangi xalati borligini yoki kimdir unga berganini, rangi esa yashil ekanini ko’rsa, dini pok ayolga uylanishini bildiradi.

Agar yangi, oq choponi borligini ko’rsa, uylanadigan ayolni porso va omonatkor bo’lishiga dalil bo’ladi. Agar sariq rangda ekanini ko’rsa, kasalmand bo’lishini bildiradi.

Agar ko’k bo’lsa, o’yga cho’mgan va g’amgin ayol bo’ladi. Qizil xalat ko’rsa, ishratni sevadigan ayol bo’lib, u bilan kam murosada bo’ladi.

(Visited 2 727 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика